Javob beramiz

1. Proguldan keyin kasallik varaqasini ochib kelgan xodimga kasallik varaqasi boʻyicha toʻlov toʻlanishi majburiymi yoki toʻlamaslik mumkinmi? 2. Kasallik varaqasi ochilishi oldidan qoldirilgan progul yoki kasallik varakasining muddati tugab, xodimning ishga chiqish kunidan keyin koldirilgan progul kunlari uchun (ishga chikmagan kunlari) xodimga kanday jazo choralarini qoʻllash mumkin? 3. Qanday holatlarda kasallik varakalariga toʻlovlarni toʻlash majburiy boʻladi?


Ushbu savollar quyidagi huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.

Shartnomada ssuda hisobraqamimi yoki asosiy talab qilinguncha depozit hisobraqami koʻrsatilishi kerakmi?


Shartnomada taraflarning bank rekvizitlari qatorida toʻlov kelib tushishi mumkin boʻlgan barcha hisobvaraqlar koʻrsatilishi kerak, deb hisoblaymiz.

Mazkur davrlar pensiya tayinlashda hisobga olinadimi?


Ushbu davrlar qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi kerak.

Pensiyani hisoblash uchun taqdim qilinadigan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aynan qaysi davr uchun berilishi mumkin?


Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha) ish haqi olinadi

Xizmat uchun haq pul koʻchirish yoʻli bilan yoki korporativ plastik kartochka orqali toʻlanganda inkassatsiya shartnomasi tuzish va nazorat-kassa apparatini oʻrnatish shartmi?


Agar sizning korxonangiz naqd pul bilan muomala qilmasa, bank tomonidan inkassatsiya shartnomasi va NKM oʻrnatilgan toʻgʻrisida ma’lumotnoma soʻralishi noqonuniy xisoblanadi.

Men hozirda sumka ishlab chiqaryapman va uni "xxx" nom bilan sotyapman. Ushbu nomni tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishim uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Bu munosabatlar qaysi qonun hujjati bilan tartibga solinadi. Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazsam, u Oʻzbekiston hududi uchun amal qiladimi yoki xalqaro miqyosdami?


Tovar  belgisini  roʻyxatdan oʻtkazish uchun OʻzR Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishingiz kerak

Mehnatni muhofaza qilish muhandisi lavozimida 8 yildan beri ishlayotgan xodimlar ushbu qayta tayyorgarlikdan oʻtishlari kerakmi?


Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashning yagona tartibini belgilaydi.

Shartnomaga qo'shimcha kelishuv qilib, unda shartnoma valyutasini sumga o'zgartirishimiz shartmi? Shartnomani qaysi valyutada tuzishga nisbatan cheklov bormi?


2017yil 5 sentyabrdan tomonlar bunday shartnomaga qoʻshimcha kelishuv imzolab, shartnoma summasini milliy valyutada belgilashlari lozim.

Sugʻurta kompaniyasi hayot sugʻurta turi boʻyicha toʻlangan sugʻurta qoplamasini regress tartibida aybdor shaxsdan qaytarish huquqiga egami?


Sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurta kompaniyasi jabrlanuvchiga zarar yetkazgan shaxsdan toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega

Ishlab chiqarayotgan mahsulotimizni keng targʻib qilish maqsadida korxonamiz nomi bilan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish va oʻz mahsulotimiz nomi aks ettirilgan doʻkon ochishimiz mumkinmi?


Oʻz mahsulotingiz nomi aks ettirilgan doʻkon ochishingiz mumkin.

Yuridik shaxs tayyor mahsulot sotishda qanday hujjatlarni rasmiylashtirishi lozim?


Taraflarning kerakli hujjatlar roʻyxatini oʻzlari belgilab, odatda tashkilotning roʻyxatga olinganligi haqida guvohnoma, ma’lum faoliyatni olib borish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma soʻraladi.

Haydovchilarga toifa (daraja) toʻlash toʻgʻrisida yoʻrqnoma yoki biror-bir hujjat bormi, Haydovchilarga berilgan toifa qanday tartibda toʻlanadi?

Xalqaro standartlar asosida auditorlik xizmatlarini koʻrsatish qaysi hujjatlar bilan taribga solinadi?


Auditorlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, auditorlik tashkiloti auditning xalqaro standartlarini qoʻllashi mumkin

Mehnatda jarohat olishi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan jabrlanuvchiga toʻlanadigan har oylik tovon puli qaysi hujjatga asosan toʻlanadi va qaysi kundan toʻlov boshlanadi?


Ushbu zararni toʻlash 11.02.2005y. 60-sonli VMQga 1-ilova bilan tasdiqlangan Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

Xodimning oʻqish davri uchun unga moddiy yordam berish, mehnat ta’tiliga chiqish va buning uchun haq toʻlash mehnat qonunchiligida belgilanganmi? Agar belgilangan boʻlsa qaysi normativ hujjatlarda oʻz ifodasini topgan?


Xodimga moddiy yordam berish ish beruvchining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi.