Javob beramiz

Kishlok vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori 1,5 yoki 1,25 stavkada indasa boʻladimi?


48-son Nizomning 3-bandiga binoan QVP vrachlarining shtatdagi tarkibi soni QVP tipiga va xizmat koʻrsatiladigan aholi soniga qarab belgilangan tartibda oʻrnatilishi koʻzda tutilgan.

Jamiyat ichki imkoniyatidan kelib chikkan xolda kanday xujjat asosida ish xaklarini kupaytirishi mumkin?


MChJ mehnatga haq toʻlash boʻyicha YaTSdan ish haqini hisoblash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin, biroq bunda ular YaTSda tasdiqlanganidan koʻra ancha yuqori tarif koeffitsiyentlarini oʻrnatishga haqli.

Mehnat daftarchamga ushbu ish joyimdagi ishlagan davrimni qayd eta olamanmi? Axir boshqa yerda ishlamayman! Shu savolimga asosli aniq javob bersangiz iltimos!


Ha, sizning mehnat daftarchangizga korxonada 3 oy mobaynida ishlaganingiz toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni  kiritishlari yuzasidan huquqqa egasiz. Bundan tashqari bu Sizning ish beruvchingizning  majburiyatidir.

Pasportlarni biometrik pasportga almashtirish muddatlari uzaytirilgani kaysi konun xujjatlarida aks ettirilgan? Yangi biometrik pasport berish muddati chuzilib ketganligi sababli eski pasportining nusxasi bilan ishga kabul kilish mumkinmi?


Ayni paytda, bizning axborot xizmatimiz eski namudagi pasportlarni muddatini uzaytirish, xamda ushbu pasport bilan ishga kabul kilish tartibini  aks ettiradigan normativ xujjatga  ega emas. Yukoridagi masala buyicha Toshkent shaxar, Shayxantaxur tumani, Uzbekiston shox kuchasi, 49-a uy manzili buyicha joylashgan IIVning Xorijga  chikish-kelish va fukarolikni rasmiylashtirish boshkarmasiga murojaat  kilishingizni tavsiya kiliman.  

Jamiyat uz extiyoji uchun zarur boʻlgan maxsulotni toʻgʻridan toʻgʻri usha maxsulotni ishlab chiqaradigan yuridik shaxsdan olishi mumkinmi yoki xar qanday olinadigan maxsulotni qiymati 300 AKSh dollaridan oshsa birja orqali xarid kilinishi kerakmi?


Xoʻjalik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektron xaridlar tizimini maqbullashtirish va ulardan tadbirkorlik sub’yektlarining foydalanishini kengaytirish toʻgʻrisida»gi 05.04.2013 yildagi PQ-1948-sonli Qarori 1-bandida qayd etilgan sub’yektlar sirasiga kirmasa, ushbu talab unga nisbatan amal qilmaydi.

Shoxobcha tugatilganligi sababli bola parvarish ta’tilida boʻlgan xodima bilan tuzilgan mexnat shartnomasini bekor qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?


       Bu holatda bola parvarishlash ta’tilidagi xodima bilan mehnat munosabatlari davob etadi

MKning 99-moddasi 2-qismi va 97-moddasi 1-qism 1-bandi oʻzaro farq qilsa, mehnat shartnomasi qaysi moddaga asoslanib bekor qilinadi (MKning 99-moddasi 2-qismi yoki 97-moddasi 1-qism 1-bandimi?)? MKning 97-modda 1-bandida tomonlar yozma ravishda oʻzaro kelishuvi boʻlishi kerakmi? Agar 97-modda 1-bandiga asosan oʻzaro yozma kelishuvi kerak boʻlsa, MKning 99-moddasi 2-qismida nima boʻladi? Shu bilan birga, MKning 107-moddasida mehnat shartnomasi buyruq rasmiylashtirishda MKning 87, 89, 97, 100, 105 va 106-moddalari asos qilib koʻrsatilgan, biroq xodim MKning 97-modda 1-qism va 2-qismi aks etgan mazmunlar MKning 107-moddasida nazarda tutilmagan. Buyruq rasmiylashtirilayotganida qaysi modda asos qilib koʻrsatiladi? Asosni notoʻgʻri koʻrsatilishi ishga tiklash uchun sabab boʻlaoladimi? Toshkent shaxar tibbiy maslaxat diagnostika markazi DUK katta yuriskonsulti Tulkin Abdullayev


Mehnat kodeksining 99-moddasi yoki 97-moddasi 1-bandi bilan bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda, ular orasida quyidagi farqlar mavjud

Pensiya yoshiga toʻlib, ishdan boʻshayotgan xodimlar oʻz oʻrinlariga yoki boshka oʻringa ularning farzandlarini ishga olish toʻgʻrisidagi punktni jamoa shartnomasiga kiritish mumkinmi? Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida bu xolatga qanday baxo beriladi? Fukarolarning konstitutsiyaviy xukuki buziladimi?


Pensiya yoshiga toʻlib, ishdan boʻshayotgan xodimlar oʻz oʻrinlariga yoki boshka oʻrinlarga ularning farzandlarini ishga joylashtirishga taklif berish toʻgʻrisidagi punktni jamoa shartnomasiga kiritishi mumkin.

Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ogoxlantirishsiz tarmokdan uzishga xaklimi? Ogoxlantirish muddati kanday?


Muqaddam mavjud boʻlgan - elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish yoki uzib qoʻyish toʻgʻrisida oldindan ist’yemolchini ogohlantirish toʻgʻrisidagi qonunchilik talabi hozirda bekor qilingan.

Shtat jadvalini tuzishda xar bir vazifaga klassifikatorda kursatilgan eng kam ma’lumotga oid talablarga rioya etilishi shartmi?


Sizning tashkilot davlat unitar korxonasi ekanligina e’tiborga olib, Siz qaror talablariga rioya qilishga majbursiz.

Firmamiz oʻzining korporativ bank kartasiga ega boʻlmoqchi. Eshitishimizcha, bunday kartalarning ishlatilishi naqd pulsiz hisob-kitoblarga tenglashtirilar ekan. Ushbu qoidalar aynan qaysi qonun hujjatlari bilan belgilanganligini bilmoqchi edik.


Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (MB boshqaruvining AV tomonidan 26.10.2005 yilda 1518-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) 45-bandida sizni qiziqtirayotgan savolga javob bor.

Agar mutaxassis shartnoma shartlariga asosan korxonada ishlab bermasa tulangan shartnoma pullarini kay tarzida va kaysi narxlarda tulanadi.


Talaba – jismoniy shaxs tomonidan uch tomonlama shartnomaning muhim shartlari buzilgan.

Yuridik shaxs va "GM Uzbekistan"ning rasmiy dileri oʻrtasida avtomashina yetkazib berish uchun shartnoma imzolangan. Bugungi kunda rasmiy diler korxonaga murojaat qilib avtomashina narxi koʻtarilganligi sababli qoʻshimcha toʻlov soʻramoqda. Oldindan toʻlov sifatida 100% miqdorda pul koʻchirilgan boʻlsa ham, yana koʻshimcha toʻlov qilinadimi?


Sizning xolatingizda sotuvchining talablari tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshirilgan.

Jiyanimni shu uyga doimiy ro'yxatdan o'tkazish mumkinmi? Toshkent shahrida doimiy ro'yxatdan o'tish to‘g‘risidagi Nizomga ko'ra bobo yoki buvisi yashaydigan uyga ikkinchi darajali qarindosh sifatida doimiy ro'yxatdan o'tkazish mumkin deb yozib qo'yilgan, bu jarayon qanday amalga oshiriladi? Yoki hadya tarzida nabirasiga taqdim qilish shakllari ham mavjudmi?


Buning uchun jiyaningiz Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi

Savolim shundan iborat: bino va inshootlar begonalashtirilayotganda koʻchmas mulk ob’yekti joylashgan yer uchastkasini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazganlik va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilayotganda tulov tulanadimi yoki tulov tulanmaydimi?


Kuchmas mulkka bulgan xukuklarni davlat ruyxatidan utkazish va kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish xizmatlari bepul amalga oshiriladi.