Javob beramiz

Mening yoshim 17 da, hali pasport olmaganman. May oyida 18 ga toʻlaman. Pasport olmaganligim uchun jarima toʻlaymanmi?


Pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashashi jarima solishga sabab boʻladi

Toshkentdagi ishxonamizga Chirchiqda propiska qilingan va oʻsha yerda yashovchi xodim ishga kiryapti. Arizada u firmadagi ish kuni tugagandan keyin yoʻnalishli transportda uyga qaytishini koʻrsatdi. Bunday mutaxassisni ishga qabul qilish mumkinmi?


Hisobga qoʻyilgan fuqaro hisobga qoʻyish muddatidan oshmaydigan davrda vaqtincha ish olish huquqiga egadir.

Men doimiy ravishda boshqa mamlakatda yashayman, Oʻzbekiston fuqarosiman. Qarindoshim meni xabardor qilmasdan Toshkentdagi kvartiramga noqonuniy ravishda ijarachilarni qoʻygan, biroq ijarachilar undan ketishni xohlashmayapti. Kvartiramni oʻz mulklariga olish uchun ijarachilar nima qila oladilar?


Oʻzbekistonga kvartiraga doir hujjatlar bilan kelishni va u joylashgan joydagi militsiya tayanch punktidagi profilaktika inspektoriga qarindoshingizning noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishni tavsiya etamiz

Biz bir mavzeda yashaymiz, boshqasida propiska qilinganmiz. Bunday holda biz vaqtincha propiskani rasmiylashtirishimiz yoki hisobga turishimiz shartmi?


Fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashash joyida roʻyxatdan oʻtishlari shart.

Doʻstim AQShda ishlaydi, agar u 2016 yil iyun oyiga qadar Oʻzbekistonga kelib pasportini almashtirsa, unda XChKvaFR yoki viza buzilishiga olib keladigan muammolar yuzaga kelishi yoki Oʻzbekistonga kira olmaslik holati boʻlishi mumkinmi?


Fuqarolar stikerning amal qilish muddati chet elda tamom boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda, shuningdek bir xorijiy davlatdan boshqasiga safar qilishda javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi

Avval Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingandim, uning boshqa tumanidan oʻz nomimga uy sotib olganman, lekin bu uyga propiska qilinmaganman. Hozirgi kunda men Samarqandda propiska qilinganman. Hozir Toshkent viloyatidagi uyimga propiska qilinishim mumkinmi?


2011 yil 15 sentyabrgacha uy-joy olgan fuqarolar Roʻyxatning 1-bandiga asosan propiska qilinadi.

Tez-tez xorijga chiqib kelishim sababli uchastka inspektori tibbiy komissiyadan oʻtishimni soʻradi. U meni tibbiy koʻrikdan oʻtishga majbur qilish huquqiga egami? Bunday talab qaysi qonun hujjatida nazarda tutilgan?


Sizning holatda profilaktika inspektori toʻgʻri harakat qilgan.

Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan kuyovim Qozogʻistonning yashash guvohnomasiga ega. Chegarada unga pasportini biometrik pasportga almashtirmaguniga qadar uni mamlakatdan chiqarmasliklarini aytishgan. U Almatida konsullik hisobida turadi, Qozogʻistonda propiska qilingan. U nima qilishi va birinchi navbatda qayerga murojaat qilishi kerak?


U biometrik pasport olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi TIV konsullik boshqarmasining pasport boʻlimiga murojaat qilishi lozim. 

Men Oʻzbekistonning Turkiyadagi Elchixonasida konsullik hisobida turaman. Yaqinda Toshkentga keldim, chunki mendagi xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuvning amal qilish muddati tugadi. Stikerni rasmiylashtirish xususida Oʻzbekiston TIVga murojaat qila olamanmi?


Ha, siz TIVga murojaat qilishingiz mumkin.

Hozir xorijda boʻlgan va pasportini biometrik pasportga almashtirish uchun joriy yilning oxirigacha Toshkentga kela olmaydigan kishini qanday oqibatlar (sanksiyalar, jarima) kutadi?


Oʻzbekiston fuqarosining amaldagi pasporti 2015 yilning 31 dekabrigacha haqiqiydir. Haqiqiy boʻlmagan pasportdan foydalanganingiz uchun EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima toʻlashingizga toʻgʻri keladi.

Kvartirada yongʻin boʻlganda barcha hujjatlar, shu jumladan pasportim ham yonib ketdi. Men pasport stoliga yangisini berishlarini soʻrab ariza bilan murojaat qildim. Xodimlar menga jarima toʻlashim kerakligini aytishdi. Ushbu talab toʻgʻrimi?


Tabiiy ofatlar (yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar va hokazo) natijasida pasportlarini yoʻqotganliklari xususida ariza bergan va ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etgan shaxslar ma’muriy jazoga tortilmaydilar.

Avstriya fuqarosi Oʻzbekistonga xizmat vizasi boʻyicha uzoq muddat - 6 oyga qadar davom etadigan xizmat safariga kelyapti. U Oʻzbekiston fuqarosi kvartirasida roʻyxatdan oʻtkazilishi (vaqtincha propiska qilinishi) mumkinmi?


Oʻzbekistonda vaqtincha boʻluvchi xorijiy fuqarolar xohishlariga koʻra mehmonxonalarda yoki boshqa turar joylarda roʻyxatdan oʻtishlari va yashashlari mumkin.

Men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganda korxona qanday toʻlovlarni amalga oshirishi kerak (ogohlantirish davrida toʻliq ishlaganimni hisobga olgan xolda)?


Shtatni qisqartirishda Siz ogohlantirish davrini toʻliq ishlab berganingizni inobatga olgan holda Sizga ishdan boʻshatish nafaqasi tegishli hisob-kitob foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.

Bank xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan taqdim qilingan «Xorijiy valyutani xarid qilish buyurtmanomasi» asosida birjadan tashkari valyuta bozorida qatnashadi. Qaysi muassasa ushbu buyurtmanoma boʻyicha talablarning qay darajada bajarilayotganligi haqida xoʻjalik yurituvchi sub’yektni xabardor qilishi kerak.


Koʻrsatilgan hujjatga asoslangan holda bankning oʻzi  sizning buyurtmanomangiz boʻyicha qaror toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak edi. Bunday xabarnomaning mavjud emasligi bois bankka axborot taqdim etilishi yuzasidan murojaat qilish lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank xodimlarining Bank Boshqaruvi tomonidan qayta koʻrib chiqilib, oʻzgartirishlar kiritilgan lavozim tarif razryadlari qaysi muassasa tomonidan tasdiqlanishi boʻyicha tegishli qonuniy asos boʻluvchi javob berishingizni soʻraymiz?


Shtat jadvalini tasdiqlash va xodimlarning ish haqi miqdorini belgilash, tashkilot Ustavida bunday vakolat kimga yuklatilgan boʻlsa, shu boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.