Javob beramiz

Korxona ichidagi TMZ harakati QQS solinadigan aylanmami


Korxonangiz tomonidan ishlab chiqarilgan TMZ xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulot boʻlishidan qat’iy nazar, uni shu korxona ichida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa sexga berganingizda, QQS solinadigan aylanma vujudga kelmaydi.

Agar ushbu xodim xizmat safariga yuborilsa, xizmat safari xarajatlari to'lab beriladimi? Shtatlar jadvaliga asosan ishlaydigan xodim bilan fuqarolik shartnomasi asosida ishlaydigan xodimning huquq va majburiyatlari bir xilmi, ya'ni jamoa shartnomasi va ichki nizom tartiblariga bir xilda amal qiladimi?


Agar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma doirasida bajariladigan ish yoki xizmatlar boshqa hududda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, bunday holat shartnoma matnida alohida belgilab oʻtilgani maqsadga muvofiq. 

YaTT avval toʻlangan QQSni hisobga olishi mumkinmi


Siz yengil avtomobilni YaTT sifatida emas, undan avval YaTT boʻlmagan jismoniy shaxs sifatida import qilgansiz. Shu sababli avtomobildan tadbirkorlik maqsadida foydalansangiz ham, import chogʻida toʻlangan QQS summasini hisobga ololmaysiz.

Sanatoriydagi tozalash inshooti uchun mulk va yer soliqlaridan imtiyozlar


Kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar soliq solish ob’yekti sifatida hisoblanmaydi.

Xodimlarga amalga oshiriladigan toʻlovlarning soliq oqibatlari


Ushbu toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar va xodimlarning boshqa daromadlari boʻlib, JShDSga tortiladi.

Qoʻshib olish shaklidagi qayta tashkil etishda asosiy vositalarni balansda aks ettirish


Bir korxona boshqa korxonaga qoʻshib olinayotganida, ikki korxonaning balans koʻrsatkichlari satrma-satr bir-biriga qoʻshiladi. Asosiy vositalar boʻyicha ham shunday.

Xaridor sotib olayotgan tovariga tekin tovar qoʻshib berishni talab qilsa, soliq oqibatlari


Tovar tekin berishda soliq oqibatlari shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlay olishligiga bogʻliq.

Sanatoriyning tozalash inshootlariga mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladimi


Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar sogʻliqni saqlash ob’yektlariga qoʻllaniladi.

Qaysi moddaga asosan ishdan boʻshatsa toʻgʻri boʻladi?


Mehnat kodeksining 155-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchi tashabbusi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 

Tovar koʻrinishidagi qarzni pul bilan qaytarishda soliq oqibatlari kelib chiqadimi


Sizning vaziyatingizda ta’sischi daromad olgan deb hisoblanmaydi, u korxonaga tovar bilan bergan qarzini shu summada pul koʻrinishida qaytarib olgan.

Zarar holatida aylanmadan soliq


Soliq davri davomida jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi koʻrsatilgan miqdorga yetgan kundan e’tiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.

Xodimlarga transport va ovqatlanish xarajatlari qoplab berilishi JShDSga tortiladi


Oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymatini qoplash mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga kiradi.

Hususiy maktabda oʻzini oʻzi band qilish tarzidagi repetitorlik


Tashkilotlar tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatga jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi.

Uyushmaga imtiyoz


Yuridik shaxslar oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish va mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadidagi birlashmalari notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Sanatoriydagi issiqxona uchun mulk va yer soliqlaridan imtiyozlar


Mol-mulk soligʻi hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi madaniyat va san’at, ta’lim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort ob’yektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot ob’yektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi.