Javob beramiz
Bojxona qiymati va faktura qiymati orasida farq korxonaning daromadi hisoblanmaydi
QQS kechiktirib toʻlanganda SK 266-moddasining talablari bajarilsa, soliq summasi hisobga olinishi mumkin. Hisobga olinadigan QQS summasi Foyda soligʻi hisob-kitobida aks ettirilmaydi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona ijtimoiy soliqni 1%li stavkada toʻlay olmasligi
Yoʻq, sizning korxonangiz chakana savdo faoliyati bilan emas, ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Shu sababli ijtimoiy soliqni 1%li stavkada toʻlay olmaydi.
Toʻlangan soliq QQS hisob-kitobida koʻrinmasa, nima qilish kerak
Agar norezident tomonidan koʻrsatilgan xizmat QQSga tortilsa, korxonangiz soliq agenti sifatida byudjetga QQS toʻlab berishi kerak edi. QQS toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati SK 37-bobiga muvofiq toʻlangan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi.
Oʻquv markazi soliq imtiyozlarini qoʻllashi uchun tashkiliy-huquqiy shakli qanday boʻlishi kerak
QQS, foyda soligʻi, mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyozni qoʻllash uchun oʻquv markazining tashkiliy-huquqiy shakli qanday ekanligining ahamiyati yoʻq. Imtiyozlar qoʻllanilishining sharti – ta’lim xizmatlari koʻrsatilishi.
Qurilishi tugallanmagan turar joy mol-mulk soligʻi ob’yekti boʻlishi
Ha, qurilayotgan ob’yektingiz soliq organi tomonidan qurilishi tugallanmagan ob’yekt deb tan olinib, soliq qoʻshimcha hisoblanganligi toʻgʻri.
Uy qurish boʻyicha smeta xujjatida ish xaqi fondi soliqlarni oʻz ichiga olgan boʻladimi
ShNQga asosan ish haqi uchun sarflanadigan xarajatlar tarkibiga ijtimoiy soliq va JShDS ham kiritilgan boʻladi.
Soliq qoʻshimcha hisoblanib toʻlanganida, penya va SORJga ajratma toʻlanishi
Soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda toʻlashi lozim boʻlgan pul summasi penyadir.
YTHga uchragan ijaradagi avtomobilni ta’mirlash va sugʻurta toʻlovlari buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Bu vaziyatda ijara shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirib, u asosida ijaraga beruvchi pulni ijaraga oluvchiga oʻtkazib berishi mumkin.
Soliq tekshiruvi qoʻshimcha hisoblab undirgan soliqlar chegirilmasligi
Yoʻq, korxonangizdan undirib olingan QQS summalari chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi.
Jismoniy shaxs chet elda daromad olsa, JShDS boʻyicha soliq oqibatlari
Mazkur holatda birinchi navbatda jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti yoki norezidentligini aniqlash kerak. Chunki jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti ekanligi yoki emasligiga qarab, JShDS boʻyicha soliq oqibatlari farqlanadi.
Korxona sotilganda soliq oqibatlari
Korxona sotilganda uning ta’sischisida QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin.
Jismoniy shaxslarning yer soligʻi avvalgi yillar uchun ham qoʻshimcha hisoblanishi mumkinmi
Soliq organida hozirda oʻtkazilayotgan tekshiruv jismoniy shaxslarning yer soligʻi toʻgʻri hisoblanishini 2021-2024 yillar uchun tekshirib chiqishga va soliq kam hisoblangan boʻlsa, qoʻshimcha hisoblashga haqli.
Shaharni obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar QQS summasi bilan birga chegirilmaydigan xarajat ekanligi
Misolingizdagi 112 mln.soʻmlik xarajatning hammasi chegirilmaydigan xarajat deb tan olinadi.
Korxona texnikum talabasiga stipendiya toʻlashining soliq oqibatlari
Korxonangiz meditsina texnikumining iqtidorli va a’lochi talabalarining biriga oʻz hisobidan toʻlab beradigan stipendiya jismoniy shaxsning boshqa daromadi hisoblanadi va soliq agentida JShDSga tortilishi lozim.
Sotuvchi chegirma berganida soliq oqibatlari va buxgalteriya hisobi
Sotuvchi tomonidan tovarlarni sotishda chegirma berilganida QQS boʻyicha soliq bazasiga va foyda soligʻi boʻyicha daromadlarga tuzatish kiritiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter