Javob beramiz

Qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadigan xarajat chegirilishi


Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda bunday xarajat chegiriladi, chunki u qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadi.

Jismoniy shaxsga toʻlangan moddiy yordamga soliq solish


SK 377-moddasi 10-bandida koʻrsatilgan moddiy yordam summalariga SK 378-moddasi 1-bandida JShDSdan imtiyoz belgilangan.

QQSdan imtiyoz qoʻllanilib import qilingan asosiy vositani sotish


Ha, import qilingan asosiy vosita korxonaning oʻz mulki, uni istagan vaqtida sotishga haqqi bor.

Aksiyalarni sotib olingan narxidan arzon sotishning soliq oqibatlari


AJ aksiyalarini sotish tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanadi. Bunday aylanma QQSdan ozod etilgan.

Aksiyalarni dividend hisobiga berishning soliq oqibatlari


Ta’sischilar yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligidan kelib chiqqan holda dividendlar soliq agentida mos ravishda foyda soligʻi  yoki JShDSga tortiladi.

TMZlarni ma’naviy eskirganligi sababli hisobdan chiqarishning soliq oqibatlari


Tovar-moddiy qimmatliklarni ma’naviy jihatdan eskirganligi sababli hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydi.

Eksport hajmining ulushidan qat’i nazar foyda soligʻi boʻyicha 0%li stavkani qoʻllash


Ha, mumkin. Bu normani qoʻllash uchun my.soliq.uz saytidagi Foyda soligʻi hisob-kitobida imkoniyat mavjud boʻlishi kerak.

Prezidentning PQ-415 son qarori munosabati bilan jamiyatda ichki auditorlik xizmati faoliyati tugatiladimi?


Ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi

Asosiy vosita dividend hisobiga berilganida taqdim etiladigan soliq hisobotlari


Asosiy vositalarni dividend hisobiga berish tovarni realizatsiya qilish aylanmasi hisoblanadi va QQSga tortiladi.

Ushbu holatda korxonamiz toʻgʻri yoʻl tutyaptimi?


Xodim ish vaqtida boʻlmagan vaqtida guyoki u ish bajarganligi toʻgʻrisida ma’lumot kiritish noqonuniydir.

Oʻquv markazi toʻlashi lozim boʻlgan soliqlar


Texnopark rezidentlariga 2028 yil 1 yanvarga qadar bir qator soliq imtiyozlari berilgan.

Pochta va kuryerlik xizmati bilan shugʻullanuvchi korxona ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlay olmasligi


Ekspert fikriga koʻra pochta va kur’yerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona ijtimoiy soliqni 1%li stavkada toʻlay olmaydi.

Foizsiz moliyaviy qarzdan foydalanishdagi daromad faqat soliq solish maqsadida aniqlanishi


Qarz oluvchining bunday daromadi faqat soliq maqsadida aniqlanadi, buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.

Qoʻshimcha hisoblangan QQS summasiga EHF rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi


Qoʻshimcha hisoblangan QQS summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladi.

YaTT faoliyatini tugatgan jismoniy shaxsga mulkini qaytarish


Yuridik shaxsdan farqli ravishda, YaTT – jismoniy shaxs. U tarbirkorlik sub’yekti sifatida roʻyxatdan oʻtgach, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. YaTT tadbirkorlik sifatida faoliyatini toʻxtatsada, oʻsha jismoniy shaxsning oʻzi YaTT boʻlgan davridan kelib chiqqan huquqlariga haqli va majburiyatlarini bajaradi.