Javob beramiz

TMZni korxonaga hadya qilishda JShDS boʻyicha soliq oqibatlari


Jismoniy shaxs boʻlmish ta’sischi korxonaga TMZlarni hadya shartnomasi asosida berganida, bu jismoniy shaxs daromad koʻrmaydi, JShDS boʻyicha soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.

Vagonlarni ta’mirlashda ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi?


Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi

Ta’sischiga dividend toʻlashning soliq oqibatlari


Korxona ta’sischisiga dividend toʻlab berar ekan, undan JShDSni ushlab qolib, dividend toʻlanadigan kundan kechiktirmasdan byudjetga toʻlab berishi kerak.

Ustav fondidagi davlat ulushi boʻyicha dividend toʻlab berish


MChJ davlat ulushi boʻyicha dividend toʻlab berayotganida soliq agenti sifatida 5%li stavkada soliq ushlab qolib, dividend toʻlanadigan sanadan kechiktirmay byudjetga toʻlab berishi lozim. Soliq kodi – 35.

Jismoniy shaxsga pul koʻrinishida qarz berishning soliq oqibatlari


Jismoniy shaxsga pullik foizsiz qarz berilganda, tomonlar daromad koʻrmaydi. Shu sababli bunda soliq oqibatlari ham vujudga kelmaydi.

Korxona hisob raqamiga pul kiritishning soliq oqibatlari


Korxona direktori tomonidan hisob raqamga kitirilgan pul mablagʻi soliqqa tortilishi yoki tortilmasligi, pul qanday asos bilan kiritilganligiga bogʻliq.

Boshqa korxonaning bank kreditini toʻlab yuborishning soliq oqibatlari


B korxona A korxonaning krediti toʻlovlarini toʻlab berganida avval A korxona undan qarzdor boʻlib turadi, bunda soliq oqibatlari boʻlmaydi.

Oʻtgan davrlar uchun QQSdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash


Barcha soliq imtiyozlaridan foydalanish soliq toʻlovchining huquqi, ya’ni istasa foydalanadi, istamasa – yoʻq. QQSdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozdan esa foydalanishga majbur.

QQS toʻlovchisi guvoxnomasi toʻxtatilgan vaqtdagi kiruvchi QQS summalari hisobga olinmasligi


Yoʻq, QQS toʻlovchisi guvoxnomasi toʻxtatilgan vaqtda hisobga olinmagan kiruvchi QQS summalarini guvoxnoma tiklanganidan keyin oʻsha davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobini topshirib ham, keyingi davrlar uchun hisob-kitobda koʻrsatib ham hisobga olib boʻlmaydi.

Jismoniy shaxslardan qoramol ichagini sotib olishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari


Jismoniy shaxslarning uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan qoramollarni tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) olinadigan daromadlariga JShDS solinmaydi.

Mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash 2022 yil 1 iyuldan bekor qilinganligi


Yoʻq, bu norma 2022 yil 1 iyulga qadar hisoblangan mol-mulk va yer soligʻiga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Korxonada xodimlarning ishga kelish-ketish vaqtlarini qayd etib, xodimlarga imzo chektirib borish jurnali qaysi qonunda belgilangan?


Xodimlar kelish-ketish  jurnali qonunchilikda koʻzda tutilmagan.

Ta’sischiga dividendni tayyor mahsulot bilan toʻlashning buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Ta’sischiga dividend toʻlanganida unda mulkiy daromad vujudga keladi. Mulkiy daromadlar soliq agentida JShDSga tortiladi.

Kulerdagi suvdan foydalanishning soliq oqibatlari


Vakillik xarajatlari, yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari JShDS solish maqsadida daromad deb qaralmaydi va bu soliq boʻyicha soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.

 

Oliy oʻquv yurtida sirtdan oʻqish davrida oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha ta’til berilishi


Ha, xodimlar sirtdan ta’lim oladigan davrga  oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha ta’til beriladi.