Javob beramiz

Kompensatsiyalar

Hozirgi kunda bolani parvarishlash ta’tiliga chiqqan хodimaga nafaqa 1113-son yoʻriqnomaga asosan EKIHning 200 foizi miqdorida toʻlanadimi yoki PQ-4086-son Prezident qaroriga asosan 406 000 soʻm miqdoridami?


Bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash nafaqasi 2019 yilda 26.12.2018 y. PQ-4086-son Prezident qaroriga asosan 406 000 soʻm miqdorida toʻlanadi.

1. Yukoridagi misolda qaysi variant toʻgʻri va qanday hujjatga asosan? 2. Ogohlantirish muddati oʻrniga kompensatsiya toʻlanganda, 2-hamda 3-oylar uchun oʻrtacha oylik ish хaki (avvalgi ikki oy/2) hisoblashda ham tatil pulining faqatgina tarifdan ortiqcha qismini kiritish lozimmi yoki bunday hollarda har qanday (YeSP ob’yekti boʻlsa) oylik daromadini 2 ga boʻlish kreakmi?


Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish VMning 11.03.1997 yildagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan tartibda (keyingi oʻrinlarda –Tartib) amalga oshiriladi.

11 yil mehnat ta’tilisiz ishlagan хodim ishdan boʻshaganda barcha foydalanilmagan ta’tillari uchun kompensatsiya talab qilishga haqlimi? Ta’til kompensatsiyasi qanday hisoblanadi?


Ha, 11 yil davomida mehnat ta’tilisiz ishlagan хodim barcha foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya talab qilishga haqli, va bunda tashkilot uni toʻliq hajmda toʻlab berishi kerak boʻladi.

Kechiktirib (oʻz vaqtida toʻlanmagan) toʻlanadigan oylik maoshlarini indeksatsiya qilish yoki penya qoʻshib hisoblash qonunchilikda koʻzda tutilganmi?


Ish haqini indeksatsiya qilish qonunchilikda koʻzda tutilmagan. Bu holatda ish beruvchining javobgarligi faqat jamoa shartnomasi yoki lokal normativ hujjatda koʻzda tutilishi mumkin.