Javob beramiz
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
Bizning korxonaga Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ-3271-sonli Qaroriga asosan belgilangan soliq imtiyozi tadbiq etiladimi?
Prezidentning PQ-3271-sonli qarori “Xalq soʻzi” gazetasida 2017 yil 14 sentyabrda rasmiy chop etilgan boʻlib, unda belgilangan soliq imtiyozlar ushbu sanadan bolshab qoʻllanilishi mumkin.
Maxsus kodlar va standart talablarga javob beradigan yangi texnologik uskunalar sotib olinganda korxona 2018 yildan boshlab, Soliq kodeksining 269-moddasi 16-bandiga muvofiq tegishli imtiyozni qoʻllay oladimi?
SKning 269-moddasi 16-bandi koʻzda tutilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida xarid qilingan yangi asbob-uskunalar ishga tushirilgandan soʻng qoʻllaniladi.
1. Ikki nafar chet ellik fuqaro Oʻzbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi xorijiy ishlab chiqarish korxonasini ochadigan boʻlsa, ular qonun hujjatlari boʻyicha nimalarga e’tibor berishi lozim? 2. Ushbu xorijiy korxona chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar foydalanadigan soliq imtiyozlaridan foydalana oladimi?
Belgilangan shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi va ular tegishli soliq imtiyozlaridan foydalana oladi.
1. "Uzbekengilsanoat" DAK tarkibida boʻlmagan korxona oʻz extiyojlari uchun extiyot qism va yordamchi materiallarni import asosida olib kelganida bojxona toʻlovlaridan ozod etiladimi? Tekstil korxonalari uchun qaysi turdagi extiyot qism (zapchast), yordamchi material va boshqalarni olib kirish uchun imtiyoz mavjud? 2. Korxonamiz tomonidan ichki bozorda qalava ip sotishda QQSni nul stavkada sotishi mumkinmi? Agarda sotib oluvchi tekstil korxona "Uzbekengilsanoat" tarkibidagi yoki uning a’zosi boʻlsa u holda QQS kaysi stavkada koʻrsatiladi? 3. Korxonamiz oʻzi ishlab chiqargan qalava ip maxsulotini jismoniy shaxsga nakd pulga sotish huquqiga egami? Bu holatda qonunchilik talablari qanday?
Yoʻq, "Uzbekengilsanoat" DAK tarkibida boʻlmagan korxonalar oʻz extiyojlari uchun extiyot qism va yordamchi materiallarni import asosida olib kelganida bojxona toʻlovlaridan ozod etilmaydi.
Agar korxonamiz charmdan tikilgan yarim tayyor poyabzal mahsulotlarini ichki bozorda sotsa, yoki eksport qilsa, qaysi qaror boʻyicha imtiyoz qoʻllash mumkin?
Korxonangiz kichik biznes sub’yekti boʻlsa, va belgilangan roʻyxatda qoʻrsatilgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlsa, u YaST toʻlashdan butunlay ozod etiladi.
Korxonamiz Prezidentning 26.11.2010y. PQ-1438-sonli qarori 4-bandiga strategik investorga sotilgan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida Prezidentining 19.11.2008y F-4010-sonli farmoyishi 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egami?
Korxonangiz F-4010-sonli farmoyishi bilan belgilangan soliq imtiyozlaridan faqat bankrot-korxonaning mulki negizida yangidan tashkil etilgan boʻlsagina foydalanishi mumkin .
Agar 2016 yilda tashkil etilgan qoʻshma korxonaning 200 000 AQSh dollariga teng ustav fondi 400 000 AQSh dollariga yetkazilsa, u xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxona sifatida soliq imtiyozlarini qoʻllashi mumkinmi?
Xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxona uchun belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmi kamida 300 ming AQSh dollarini tashkil etishi kerak.
1. Yigirma olti yoshdan oshgan shaxsning ta’lim kreditini soʻndirish uchun yoʻnaltirilgan daromadlariga JShDS solinadimi? 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil oluvchi talabaning kontrakt summasini toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi?
Bir martalik tibbiy buyumlar tikib sotilganda, PQ-1050 ga muvofiq soliq imtiyozlari tadbiq etiladimi?
Qoʻshma korxona oʻz ishlab chiqarishida foydalanish uchun import asosida mahsulotlarni olib kelishida «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi konunning 12-moddasi hamda Bojxona kodeksining 297-moddasi 9-10 bandlarida qayd etilgan bojxona imtiyozlaridan foydalanishi mumkinmi?
PQ-1050 Qaror boʻyicha imtiyozdan qanday holatda foydalanish mumkin?
PQ-1050-sonli qaroriga asosan belgilangan soliq va bojxona imtiyozlaridan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga berilgan.
Metall shurup va samorezlarni ishlab chiqarishda bojxona va soliq imtiyozlari bormi?
Aynan metall shurup va samorezlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun alohida qonun xujjatlari bilan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar belgilanmagan.
Uy-joy olish uchun ochilgan omonat schyotiga boshlangʻich badal sifatida qoʻyilgan daromadlar soliqqa tortilganligini inobatga olib, 2017 yilda ushbu summaga imtiyoz qoʻllab daromad soligʻini qayta hisob-kitob qilib, soliq summasini qaytarib olishim mumkinmi?
Yoʻq, boshlangʻich badalni shakllantirish uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi, shuning uchun undan toʻlangan soliq summasi qayta hisob-kitob qilinmaydi va byudjetdan qaytarilmaydi.
Yangi texnologik asbob-uskunalarni sotib olgan korxona AVda 11.06.2007y. 1688-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga asosan imtiyozlarni qanaqa tartibda qoʻllashi mumkin? Ushbu imtiyozlar yagona soliq toʻlovi hisob-kitobida qanday tartibda aks ettiriladi?
Yangi texnologik jihozlarni sotib olib foydalanishga joriy etgan YaST toʻlovchi korxonalar AVda 11.06.2007y. 1688-son bilan roʻyxatga olingan Nizomda belgilangan tartibda YaST boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashi mumkin.
1. Maqsadli soliq imtiyoz boʻyicha asosiy vosita eskirish summasiga 8530 schetini kamaytirsa boʻladimi? 2. Imtiyoz evaziga xarid qilingan xom ashyolarni ishlab chiqarish scheti oʻrniga 8530 schetdagi manba hisobiga 8530 schetni kamaytirsa boʻladimi?
8530 “Tekinga olingan mulk” schetning maqsadli imtiyozlarni qoʻllashda soliq imtiyozlari natijasida boʻshagan mablagʻlar evaziga xarid qilingan asosiy vositalar amortizatsiyasi, yoki xom ashyo xarajatlariga kamaytirish qonunchilikda nazarda tutilmagan.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter