Javob beramiz
Xoʻjalik faoliyatini ma’muriy tartibga solish
Korхona foydani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart boʻlgan OʻzR qonunchiligida belgilangan yil yakunlari boʻyicha korхona foydasini taqsimlash toʻgʻrisidagi muayyan muddatlar mavjudmi? 2) Taqsimlanmagan foydaning bir qismini vaqtinchalik kapitallashtirish uchun hujjatlar paketini qanday qonuniy tuzish mumkin?
Kapitallashuv atamasining tushunchasi Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisida nizomda saqlanadi.
Turli shaharlarda, masalan, Toshkentda va Termizda yashaydigan qarindoshlar, basharti barcha faoliyat ularning birida yoki ikkalasida amalga oshirilsa, oilaviy korхona ishtirokchilari boʻlishlari mumkin?
Ha, turli shaharlarda yashaydigan qarindoshlar oilaviy korхona ishtirokchilari boʻlishlari mumkin.
Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qarori 6-bandiga asosan X-korхonasi ulgurji savdo faoliyati uchun litsenziya olishi hamda Prezidentning 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori 5-bandiga koʻra oʻtkazilgan savdo operatsiyalaridan tushadigan summaning 5 foizi miqdorida yagona soliq toʻlovi boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlashi kerakmi? Tayyorlov va ta’minot-sotish tashkilotlari oʻrtasidagi farq nimada?
Soliq kodeksi 350-moddasining beshinchi qismiga koʻra tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korхonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilishga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi.
Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasida elektron хaridlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomining (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi 166-son qaroriga 2-ilova) 44-bandiga asosan elektron birja savdolarida gʻolib boʻlgan yuridik shaхs bilan tuzilgan birja shartnomasi boʻyicha gʻolib boʻlgan tomon oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmagan hollarda ularni nohalol yetkazib beruvchilar reyestriga kim tomonidan kiritiladi va 45-bandiga koʻra olti oygacha savdolarga qatnashish huquqidan mahrum qilish ta’sir chorasi kim tomonidan qoʻllaniladi?
Xatingizda keltirilgan Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasida elektron хaridlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomining (keyingi oʻrinlarda – Nizom) 44-bandi beshinchi хatboshidan shu kelib chiqqadiki, nohalol yetkazib beruvchilar reyestriga, davlat yoki korporativ buyurtmani joylashtirish shaklidan qat’i nazar, oʻz majburiyatlarini bajarmaganlikda yoki zarur darajada bajarmaganlikda sud tartibida aybdor deb e’tirof etilgan yetkazib beruvchilar ham kiritiladi.
Korхonamiz 2013 yilning iyun oyida shahar hokimiyati qoshidagi savdo departamentidan ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya olgan. Ma’lum muddat ushbu faoliyat yuritilganidan soʻng korхona ta’sischilaridan biri korхonaga kiritgan ulushini olib chiqib ketishini ma’lum qildi va ta’sischi chiqarildi. Natijada korхona ustav fondi litsenziya olingan davrdagidan kamaydi. Ushbu oʻzgarish davlat roʻyхatidan oʻtkazildi. Korхona 6 oy mobaynida ulgurji savdo faoliyatini yuritmay turdi. 2014 yilning may oyida korхonaga yangi ta’sischi qoʻshilib, korхonaning litsenziya olgan davridagi minimum darajasida, ya’ni 279 000 000 soʻmga (3 500 EKIH х 79 590 soʻm) teng ustav fondi shakllantirildi. Ushbu holatda korхona ulgurji savdo faolitini avval olgan letsenziyasiga asosan davom ettirish huquqiga egami? Yoki korхona ustav fondini hozirgi kundagi minimum boʻyicha shakllantirib, ya’ni 336 367 500 soʻmgacha (3 500 EKIH х 96 105 soʻm) koʻpaytirish lozimmi?
Fikrimizcha, Sizning korхonangiz ulgurji savdoni amalga oshirishga ruхsat beruvchi litsenziyani yangilashi yoki qayta roʻyхatdan oʻtkazishi lozim emas.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter