Javob beramiz
12608-sonli savol javobida norezidentning boshqa daromadi, ya’ni turar joy uchun va ovqatlanish uchun toʻlangan pul miqdori qanday hisoblangan? 162 022 055 soʻm qanday shakllandi?
Norezidentlarning moddiy naf tarzidagi daromadlari 12608-sonli savol mazmunida keltirilgan. Soliq solinadigan baza norezidentlar manfaatida toʻlangan summa va soliq stavkasidan kelib chiqib hisoblangan.
Korxona yer ostidan motor orqali suv chiqrib foydalansa, oʻlchov asbobi boʻlmagan taqdirda suvdan foydalanganlik soligʻini hisoblab chiqarish uchun ishlatilgan suv hajmi qanday aniqlanadi?
Suv oʻlchash asbobi boʻlmagan taqdirda, ishlatilgan suv hajmi suv olish limitlaridan, texnologik va sanitariya normalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
"Bank siri"ga oid ma’lumotlarni bermaslik mazkur holatda toʻgʻrimi?
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) (Sizning holatingizda “B” MChJning) oʻziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.
Xodim qanday qilib qizining kontraktiga toʻlagan mablagʻiga toʻgʻri keladigan daromad soligʻi summasini qaytarib olishi mumkin?
JShDS boʻyicha imtiyoz ish joyida qoʻllanilmagan boʻlsa, ortiqcha toʻlangan soliq summasini deklaratsiya topshirish orqali qaytarib olish mumkin.
V-MChJ koʻrgan sof foydasi dividend sifatida oxirgi ta’sischi jismoniy shaxsga yetib borguniga qadar har bir MChJ divident soligʻi toʻlashi kerak boʻladimi.
Ha, dividend soligʻi toʻlanishi kerak. Har bir yuridik shaxs oʻz ta’sischilariga dividend toʻlaganida, dividend summasidan soliq summasini ushlab qolib, byudjetga oʻtkazishi shart.
1.Bizning ta’sischiligimizda ochilgan korxonalar yuqori tashkilotimizning tuzilmasi xisoblanadimi, YaITni 2019 yildan necha foizda toʻlaydi? 2. Davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yirik korxona 2019 yildan YaITni 12 foizda toʻlashi mumkinmi?
YaIT stavkasi 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran yuridik shaxsning qaysi tadbirkorlik sub’yekti toifasiga kirishiga bogʻliq emas. YaIT stavkalarini qoʻllash mezonlari SKning 308-1 – moddasida belgilangan.
1.Korxona tomonidan yoshlarni kasbga yunaltirish, kasbiy bilimlarini oshirish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga oʻrgatish maqsadida maktab(kollej) ma’muriyati bilan kelishgan holda ish olib borishi mumkinmi? 2.Ushbu holatda oʻkuvchi yoshlar mehnatiga haq toʻlanish tartibi qanday? 3.Ularning ish xakidan ushlanadigan soliqlarga nisbatan qonunchilikda imtiyozlar koʻzda tutilganmi? 4.Ular tomonidan yasalga maxsulotlar sotuvidan tushgan tushumga ham imtiyozlar koʻzda tutilganmi? 5.Korxona yillik tovar aylanmasi 1,0 mlrd. soʻmgacha, 1,0 mlrd soʻmdan koʻp boʻlsa soliq solish qanday boʻladi?
Maktab oʻquvchilarining mehnatidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda foydalanish mumkin. Buning uchun maktab ma’muriyatining ruxsati yoki alohida kelishuv boʻlishi shart emas.
Prezidentning 02.12.2017 yildagi PQ-3422 sonli qarori hozirgi kunda amaldami?
Tuman suv oqova bilan shartnoma asosida toʻlanayotgan ichimlik suvi uchun ham suv soligʻi toʻlanadimi?
SKning 257-moddasida sanab oʻtilgan va suv ta’mitoti bilan shugʻullanuvchi korxonalar bilan shartnoma tuzgan shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchisi deb e’tirof etilmoqda.
Ta’tillar jadvali tasdiqlangandan keyin korxonaga ishga qabul qilingan xodimlarga ta’til qay tartibda berilishi kerak? Ta’tillar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladimi yoki boshqacha tartibda rasmiylashtiriladimi?
Yillik mehnat ta’tillarini berish navbati har bir kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab bizning korxonamiz uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozning amal qilish muddati saqlanganmi?
Jamiyat 2019 yil 1 yanvardan boshlab "Oʻztoʻqimachiliksanoat" AJga a’zo korxonalarga kalava ip va ishlab chiqarish paxta chiqindisi mahsulotlari sotgandan QQS qaysi stavkada olinadi?
"Oʻztoʻqimachiliksanoat" AJ korxonalariga toʻqimachilik yarim fabrikatlari sotilganda QQS nol stavkada hisoblanadi.
Yuqoridagi holatda korxona mol-yetkazib beruvchiga toʻlagan QQSni qanday hisobga oladi yoki sotilgan mahsulot tannarxiga qoʻshiladimi?
Tovuq goʻshtini realizatsiya qilish oboroti soliq solinmaydigan oborot deb hisoblanadi. Soliq solinmaydigan oborotlarda ishlatiladigan materiallar sotib olingan paytda sotuvchiga toʻlangan QQS summasi ushbu materiallarning tannarxiga kiritiladi.
Agar korxona joriy 2019 yilda koʻchmas mulkni qoldik qiymati boʻyicha sotsa, QQS hisoblanadimi?
Ha, hisoblanadi va toʻlanadi. AVlar sotilganda QQS summasi ularni realizatsiya qilish qiymatidan, agar realizatsiya qilish qiymati AVning qoldiq qiymatidan kam boʻlsa, u holda qoldiq qiymatidan hisoblab chiqariladi.
1.Korxona yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlishi mumkinmi? 2.Realizatsiya qilingan summadan QQS toʻlanadimi?
YaYeS toʻlovchisi boʻlish uchun SKning 362-moddasida belgilangan talablar bajarilishi kerak. Tovuq goʻshti Vazirlar Mahkamasining qarori bilan QQS toʻlashdan ozod qilingan.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter