Javob beramiz
Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti hisoblanmaydigan, 100 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan davlat va davlat unitar konxonalari Savdo-sanoat palatasiga a’zo sifatida qabul qilinishlari mumkinmi?
Ha, davlat unitar korxonalari va ustav fondida davlat ulushi (100 foiz yoki undan kam) boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari ham boshqa tadbirkorlik sub’yektlari bilan bir qatorda Savdo-sanoat palatasiga (bundan keyin – Palata) a’zo boʻlishlari mumkin.
Xodim malaka oshirishga yuborilganda ish haqi saqlanadimi?
Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Rahbarning oʻrniga rahbar oʻrinbosari lavozimiga xodimni ishga olib, rahbarning barcha vakolatlari rahbar oʻrinbosariga yuklatilsa boʻladimi? Qaysi huquqiy normalarga asosan?
Xozirda chet el kapitali ishtirokadagi xususiy yoki aksiyadorlik tijorat bankka utish uchun kanday xujjatlar tayyorlash kerak va kaysi xarakatlarni amalga oshirish kerak?
Chet el kapitali ishtirokidagi bankni tashkil etish uchun quyidagilar amalga oshiriladi.
1. Qarzdor MChJ ta’sischisining shaxsiy mol kulkiga qarzdorlikni undirish uchun qaratish mumkinmi, agar mumkin boʻlsa qanday tartibda? 2. Agar qarzdor MChJning ta’sischi(direktor)si boshqa MChJ da xam ta’sischi boʻlsa, qarzdorlikni oʻsha MChJ ga qaratish mumkinmi? 3. Yuqoridagi xolatda qarzdor MChJdan qanday qilib pul(qarz)ni undirish mumkin?
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Tadbirkorlar ijara pulini yoki yer soligini tulaydimi? Tadbirkorlar tulagan ijara puli yeki yer soligi davlatga tulanadimi yeki obodonlashtirish boshkarmasigama?
Boshqarma yerni emas, balki undagi binoni ya’ni mulkni ijaraga berishi mumkin (agarda yer unga ijaraga berilgan boʻlsa). Bu holatda Boshqarma byudjetga yer soligʻi yoki ijara toʻlovi, tadbirkor esa Boshqarmaga mulkdan (binodan) foydalanganlik uchun ijara toʻlovi toʻlashi joiz.
OʻzR Adliya vazirligida 2009 yil 31 martda 1932-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga koʻra solik va bojxona imtiyozlarini yozma murojaat bilan, birok «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida»gi konunning 5-moddasi 4-bandiga asosan kichik tadbirkorlik sub’yektlari davlat organlariga murojaat qilmasdan qoʻllashlari mumkinligi koʻrsatilgan. Shuni xisobga olib, korxonamiz 2016 yil uchun imtiyozlardan davlat idoralariga murojaat qilmasdan foydalanishi mumkinmi?
1. Fukarolik xuquqi shartnomasi boʻyicha byudjet tashkilotida bosh hisobchi vazifasini bajarish mumkinmi? 2. Tashkilotning ragʻbatlantirish fondi hisobidan shartnoma asosida mablagʻ oʻtkazish yuli bilan yoʻl chiptasi (proyezdnoy)ni olishim mumkinmi?
Tuman mexnat bulimining xodimlarining xatti-xarakati kanchalik tugri? Xodimni ishga olish uchun korxonamiz xududida joylashgan binoda kanday xolda rasmiylashtirishimiz mumkin?
Xalk bankining menga qarzdorliklarni toʻlash haqida kuyayotgan talabi qonuniymi va fermer xoʻjaligini qanday tugatishim hamda lizingga olingan transportni oʻz nomimga qanday oʻtkazishim mumkin?
Men elektrik boʻla turib, firmaning mashinasini ish yuzasidan xaydashim uchun qoʻshimcha toʻlov yoki haydovchi talab qilishim toʻgʻrimi va qaysi qonunga asosan?
Bir oylik mukobil xarbiy xizmatni utash paytida xodimning ish xaki saklanadimi, yukmi?
Polipropilen granulasidan ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati (XXTUT kodi - 17116) bilan shugʻullanuvchi kichik korxona tabiatni muhofaza qilish boʻlimiga biror bir davriy hisobot topshiradimi, shuningdek, kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydimi va qaysi qonun hujjatlariga asosan?
Agarda Sizning korxonangiz har yili tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan boʻlsa, Siz 2016 yildagi faoliyat koʻrsatgan davringiz uchun “2016 yilda atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi hisobot”, ya’ni 1-KB (eko) topshirishingiz lozim, mazkur roʻyxatda Sizning korxonangiz kiritilgan yoki kiritilmaganligi borasidagi ma’lumotni www.stat.uz web – sayti orqali bilib olishingiz mumkin.
Gilam mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati (XXTUT kodi - 17122) bilan shugʻullanuvchi kichik korxona tabiatni muhofaza qilish boʻlimiga biror bir davriy hisobot topshiradimi, shuningdek, kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydimi va qaysi qonun hujjatlariga asosan?
Agarda Sizning korxonangiz har yili tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan boʻlsa, Siz 2016 yildagi faoliyat koʻrsatgan davringiz uchun “2016 yilda atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi hisobot”, ya’ni 1-KB (eko) topshirishingiz lozim, mazkur roʻyxatda Sizning korxonangiz kiritilgan yoki kiritilmaganligi borasidagi ma’lumotni www.stat.uz web – sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter