Javob beramiz
Yuqoridagi holatda, 1) aksiyadorlik jamiyatini mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirish qay tartibda amalga oshiriladi, 2) umumiy yigʻilishda AJ ni MChJ ga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganida: - MChJ aylantirishga rozi boʻlgan aksiyadorlar soni 50 nafardan oshiq boʻlganida umumiy yigʻilishning AJ ni MChJ aylantirish toʻgʻrisidagi qarori qay tarzda ijro etiladi; - umumiy yigʻilishda sababsiz tarzda ishtirok etmagan hamda jamiyatdan oʻz aksiyasi xaqini toʻlashni talab etmagan aksiyadorlarning AJ da aksiyador maqomiga nima buladi, ular bilan qay tarzda xisob-kitob qilinadi. AJ vakili
FKda belgilanishicha, yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) uning muassislari ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Deylik, tibbiyot tashkilotining xulosa aktida xodimga umumiy kasallik(kasb kassaligi yoʻq xolatda) tashxisi qoʻyilgan. Lekin tibbiyet tashkiloti shu xulosa aktida bir xodimni kasaba uyushmasi tomonidan sanatorno-kurortno davolashni tavsiya qilmoqda. Korxonada kasaba uyushmasi tuzilmagan. Xodimlarni davomiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng, tibbiyot tashkiloti tomonidan xulosa aktida koʻrsatilgan umumiy kassalik tashxislarni davolash uchun berilgan tavsiyalarni bajarish kimning zimmasida buladi, agarda korxonada kasaba uyushmasi yoʻq boʻlsa? Va xarajatlarni kim qoplaydi?
Ish beruvchi, mehnat jarohati yoki boshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq ravishda xodim sogʻligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar uchun oʻzining aybdor emasligini isbot qila olmasa, xodimga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Xolam Xorazm shahridagi oʻrta ta’lim maktabida boshlangʻich sinflar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida ishlaydilar, Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlaganlar. Xalq ta’limi shahar boshqarmasi tekshiruvga kelib, xolam universitetning boshlangʻich ta’lim mutaxassisligini bitirmaganliklari sababli bu lavozimda ishlashlari mumkin emasligini ta’kidlashmokda. Ularning talablari toʻgʻrimi? Agar shunday boʻlsa, qaysi normativ-huquqiy hujjatda yuqoridagi talab belgilangan?
XTV buyrugʻiga asosan, oliy pedagogik ma’lumot (bakalavr darajasi), axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilimlar va chet tillardan biri boʻyicha boshlangʻich bilim, 5 yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji ushbu lavozimga talablar hisoblanadi
1. Mehnat sharoiti noqulay boʻlgan joyda ishlayotganligi uchun oʻqituvchiga 1,0 qiymatdan ortiqcha ish yuklamasini topshirish toʻgʻrisidagi ish beruvchini talabi toʻgʻrimi? 2. Mehnat sharoiti noqulay boʻlgan joyda oʻqituvchilar qancha ish yuklamasi bilan ishlashi mumkin?
Bu yerda gaznachilik bulimii xodimi tugri yul tutganmi?
Bu masalaga aniqlik kiritish borasida Oʻzbekiston Moliya vazirligi Gʻaznachiligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Gʻaznachilik boshqarmasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Sud departamentining ushbu hatti harakati qonuniymi? "Sud xujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonuning 80-moddasi talablari buzilmaganmi? 80-modda bilan ishlash, ya’ni mablagʻni taqsimlash yoʻriqnomasida ushbu holat yuzasidan qanday koʻrsatma berilgan?
«Sud xujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonuni 80-moddasi talablari buzilgan yoki buzilmaganligini aniqlash, siz qayd etgan tashkilotlar va qarzdor tashkilot oʻrtasida qarzdorlik qanday vujudga kelganligini yorituvchi ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin.
Men nevaramning vasiysi hisoblanaman. U 2001 yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan, Samarkanda yashaydi. Uning onasi Rossiyada yashaydi, RF fuqaroligiga ega va oʻsha mamlakatda turmushga chiqqan. Nevaram Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishi mumkinmi?
«Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq, agar Oʻzbekistonda yashovchi bolaning ota-onasi yoki ulardan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanida va homiylik yoki vasiylik belgilangan bola tarbiyasida ishtirok etmaganida bola ota-onasi yoki vasiyning iltimosiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
1)Xususiy korxona direktori boshqa ishxonaga asosiy boʻlib ishga kirdi va korxonasida oʻrindosh bulib koldi. Aytingchi, mumkunmi bunday xolat? 2)Xususiy korxonada 2 chi lavozimi ya’ni urindosh bulib ishga kirganda (ichki urindosh) ikkinchi lavozimga nechi foiz ish xaki toʻlanishi kerak va oʻrindoshga 30 %- 100% toʻlash majburiymi? 3) Eng kam kulga tegadigan ish haqi xususiy korxonada 322000 mi? 4) Ichki oʻrindoshlikda kanday xujjatlar toʻldiriladi va buyruk mazmuni qanday boʻladi?
Koʻrsatilgan savollarga javob Mehnat kodeksi, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”da oʻz oʻrnini topgan.
Uning qoʻlidagi sertifikat bir oyga berilgan edi. Hujjatsiz qanday yoʻl tutishi mumkin?
– Haqiqatan ham, Oʻzbekiston fuqarolariga qaytish sertifikati pasportlarining amal qilish muddati tugaganda oʻzlari turgan mamlakatdan chiqish paytigacha beriladi. Muddati oʻtgan pasport konsullik muassasasiga topshiriladi (AV tomonidan 17.06.1998 yilda 448-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 3-bandi).
Solishtirma dalolatnomani tuzishdan bosh tortayotgan bosh hisobchilarga qanday chora koʻrish mumkin?
A’zolik badalini toʻlash odatda tashkilotlarning jamoa kelishuvlarida belgilangan boʻladi, oʻz navbatida jamoa shartnomasida oʻrnatilgan majburiyatlarni bajarmaslik mehnat qonunchiligini buzish deb baholanadi va MJTKning 49-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Eski pasport yangisiga alishtirilayotganda undagi vizalar va ruxsat berish boʻlimining muhri avtomatik ravishda qayta bosiladimi? Yoki uni rasmiylashtirish uchun yana murojaat qilish kerak boʻladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibiga (VMning 6.01.1995 yildagi 8-son Qaroriga 1-ilova) muvofiq, vizalar uchun moʻljallangan betlar ishlatilib boʻlinganida, yoki yangi biometrik pasportga almashtirish chogʻida, yoxud u yaroqsiz holga kelganida, familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganida, shuningdek yoʻqotib qoʻyilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportidan foydalanishning imkoni boʻl
Agar men va mening turmush o'rtog'im horijdalik vaqtimizda farzand dunyoga kelsa va u 5 yoshgacha horijda yashab keyin O'zbekistonga biz bilan kelsa va 5 yoshdan keyin O'zbekistonda ulg'aysa, u kelajakda O'zbekiston fuqarosi bula oladimi, qachonki men va mening turmush o'rtogim O'zbekiston fuqarosi bo'lsak? Ammo men yoki mening turmush o'rtog'im O'zbekiston fuqorosi bo'lmagan holatda, ushbu farzand kelajakda O'zbekiston fuqorosi bo'la oladimi?
Oʻzbekiston Respublikasining 02.07.1992 y. 632-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi Qonunning 13-moddasiga binoan -tugʻilgan paytida ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bola, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan boʻlishidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ushbu holat yuzasidan qoidabuzarlik kimning zimmasiga tushadi va unga koʻriladigan qonuniy choralar qanaqa?
Mazkur masalaga aniqlik kiritish uchun javobgarlik turini aniqlab olishimiz kerak, agarda javobgarlik chorasi moliyaviy jarima boʻladigan boʻlsa, javobgarlik sub’yekti sifatida yuridik shaxs qaraladi, agarda ma’muriy javobgarlik boʻladigan boʻlsa, mazkur vazifani bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs javobgarlik sub’yekti sifatida qaralishi mumkin.
Ushbu sayohatim menga O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurganimda va chiqish uchun ruhsatnoma stikerini yana yangilab olishim uchun hech qanday muammo tug'dirmaydimi?
Chet elga vaqtincha yashashga ketgan (xizmat safariga, oʻqishga, davolanishga, kontrakt boʻyicha ishlashga) va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasida yoki konsullik muassasasida vaqtincha konsullik hisobida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportning amal qilish muddati tamom boʻlganligi hamda pasportda belgilar va vizalar qoʻyish uchun varaqlar tugaganligi, pasport yaroqsiz holga kelganligi yoki yoʻqolganligi, shuningdek
Korxona xodimning shaxsiy avtomobilidan korxona ishlari uchun yoki xodimning ish vaqtida oʻz vaqtida yetib kelishi uchun qanday foydalansa boʻladi? Bunga kanday tartibda buyruq va shartnoma tuziladi. Shartnoma va buyruqning namunasini koʻrsata olasizi?
Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter