Javob beramiz
Agar Toshkent shaxriga vaqtinchalik ruyxatga kuyish man qilingani toʻgʻri boʻlsa meni oʻgʻlim vaqtinchalik roʻyxatini muddati tugashi bilan ishdan bushashi kerakmi?
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga koʻra, fuqaroni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan 5 kundan 6 oygacha muddatga (oʻqish uchun ta’lim muassasasiga kelgan shaxslar uchun – oʻqish davriga) amalga oshiriladi.
Qozoqiston Respublikasi Fuqarosi (ayol) O`zbekiston Respublikasi fuqarosiga erga tegsa, Qozoqiston Respublikasi fuqarosining O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibi qanday bo`ladi?
«Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunning (2.07.1992 yildagi 632-XII-son) 17-moddasiga muvofiq chet el fuqarolari ularning iltimosnomalariga koʻra quyidagi shartlarga asosan OʻzR fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin.
Bankda 22-23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi belgilandi. Shuningdek Markaziy bank tomonidan 22 avgust kuni banklarda «ochiq balans bilan ish kuni» deb e’lon qilindi. Bir vaqtning oʻzida 22 avgust ham shanbalik, ham ish kuni deb e’lon qilinganligi uchun xodimlar oʻz roziliklari bilan ham shanbalikka, ham ishga jalb qilindilar. Bu holatda tegishli xujjatlar qanday rasmiylashtiriladi hamda xodimga dam olish kuni ishlaganligi uchun haq va shanbalik uchun bir kunlik ish haqi qanday miqdorlarda hisoblab toʻlanadi?
Bankda 2015 yil 22-23 avgust kunlari ham shanbalik, ham ish kuni deb e’lon qilinganligi yuqorida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda MKning 129, 130, 132 va 157-modda talablarini bajargan holda yoʻl qoʻyiladi.
Fermer xoʻjaligi umumiy maydoni 5 gektar boʻlib, bogʻdorchilikka ixtisoslashtirilgan. Fermer xoʻjaligida bitta ishchi boʻlib, oʻrnatilgan tartibda ish xaqi yozilmoqda. Fermer xoʻjaligini raxbariga ish xaqi yozilgani yoʻq. Cababi u boshqa korxonada ishlaydi. Ushbu xolat buyicha respublikamizning qonunchilik talablari buzilgani yoʻqmi?
Siz tomoningizdan “Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi Qonun (30.04.1998 yildagi 602-I-son, yangi tahrirda, bundan buyon matnda - Qonun), shuningdek soliq hamda mehnat qonun hujjatlari talablari buzilgan.
savol shundan iboratki, men ushbu dalolatnomani pul tulashimga asos emasligini, bu dalolatnoma yuridik xujjat emasligi va birlamchi xujjat sifatida karalishini kanday normativ xujjatlar yoki konunlar asosida isbotlashim mumkin.
Amaldagi qonunchilikka asosan hisobvaraq-faktura qat’iy soliq xujjati boʻlib hisoblanadi.
Eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirish muddati kachongacha? Agar oʻrnatilgan muddatgacha almashtirolmasam nima boʻladi?
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Farmoniga (5.01.2011 yildagi PF-4262-son) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eski namunadagi pasportlarining amal qilish muddati oʻz kuchini 2015 yilning 31 dekabrigacha saqlaydi.
Ishchi bir davlat tashkilotida toʻliq stavka asosida ishlaydi. U qoʻshimcha ravishda boshqa-bir davlat tashkilotida fuqarolik-huquqiy mehnat shartnomasi (trudovoye soglasheniya) asosida ishlashi mumkinmi? Mumkin boʻlsa asoslari qanday?
Ha, mumkin. Agarda ichki hujjatlariga zid kelmasa, davlat organi xodimi boshqa tashkilot bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomasi tuzishi mumkin.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda direktor mazkur jamiyatning menejer lavozimiga, jamiyat menejeri jamiyat direktori lavozimiga oʻtkazilmoqda. Jamiyat direktori bilan mehnat shartnomasi ta’sischilar qaroriga asosan bekor qilinganidan soʻng, yangi tayinlangan jamiyat direktorining buyrugʻi bilan sobiq direktor menejer lavozimiga qabul qilinadimi?
Yoʻq, chunki Jamiyat rahbarini ishga qabul qilish jamiyat ta’sischilarining huquqidir. Mehnat shartnomasi direktor bilan bekor qilingandan keyin yangidan sobiq direktor “menejer” lavozimiga ishga qabul qilinadi. Chunki menedjer lavozimga ishga qabul qilish Jamiyat direktori vakolatidadir.
Agar xodim 10 oy davomida mehnatga yaroqsizlik varaqasida boʻlsa, mehnat ta’tili berish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa mehnat ta’tiliga haq toʻlash tartibi qanday?
V dannom sluchaye naxojdeniye rabotnika na bolnichnom v techeniye goda ne vliyayet na razmer oplati trudovogo otpuska i oplachivayetsya soglasno statye 148 TK.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi PF-1504-sonli Farmonidagi 5-bandi "Talab qilish huquqini berish shartnomalaridan" nimasi bilan farq kiladi? Batafsil tushuntirib bersangiz.
Talab qilish huquqini berish operatsiyasi Farmonning 5-bandini ikkinchi qismida aytib oʻtilgan “daromadni yashirish” sifatida baholash noqonuniy deb hisoblanadi.
Kichik korxona ochish uchun 3 ta ta’sischi ishtirok etgan, lekin ustav fondini shakllantirishga faqatgina bitta ta’sischi pul qoʻygan qolgan ikkitasi ustav fondi uchun pul qoʻymagan boʻlsada korxona ustavida ta’sischi sifatida kiritilgan shunday xolatda qolgan ikkita ta’sischi korxonadan ulush talab qilishga haqqi bormi?
Korxonangizning uchta muassislardan ikkitasi ustav fondidagi oʻzlarining ulushlarini umuman toʻalamaganligi (ya’ni ushbu fondga oʻzlarining hissalarini umuman qoʻshmaganligi) sababli ularning har biri oʻz ulushining qiymatini jamiyat tomonidan toʻlanishini talab qilishga haqli emas.
Tashkilot iqtisod qilingan mablagʻni koʻrilgan zararlarni qoplash uchun ishlatishi mumkinmi?
Ushbu savoldan shu narsa ma’lum boʻladiki, tashkilot putratchi sifatida qurilishga oid pudrat shartnomasi asosida ishlarni bajargan.
Oʻzbekisto Respublikasi Fuqarolik kodeksining 666 moddasiga muvofiq, Pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi buyurtmachining topshirigʻiga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
1. Mening otamga 2003 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Ushbu faxriy unvon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabr kungi 272-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida NIZOM»ning 13-bandiga asosan mehnat faxriysi hisobida mening otamga yer uchastkasi ajratilishi mumkinmi? 2. Mening otamga berilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi san’at arbobi faxriy unvoni yohud shu kabi davlatimiz tomonidan beriladigan boshqa faxriy unvonga ega fuqarolar mehnat faxriysi unvoniga tenglashtirilgan holda yer uchastkasini birinchi navbatda olishi mumkinmi? (Iltimos ushbu savolga javobni «NORMA MASLAHATChI» iqtsodiy huquqiy gazetasida chop etishingizni soʻrayman) F.Romanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, 21 kichik tuman, 5 B uy, 12 xonadon
Korxona balansidagi mulk sotilgandan keyin ulgurji savdo faoliyati bilan shugullanishi mumkinmi?
Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olgan yuridik shaxs konunchilikda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya kilishi kerak.
Uyning oldi-sotdi shartnomasi tuzilganida oila a’zolarining xammasidan rozilik olinmagan deb uyning eski egasini oila a’zolari uyni qaytarishiga da’vo qilishi mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrugʻi bilan tasdiklangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning 51- bandiga asosan, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi. Ushbu Yoʻriqnomaning 52-bandiga kura, uy, kva

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter