Javob beramiz

savol shundan iboratki, men ushbu dalolatnomani pul tulashimga asos emasligini, bu dalolatnoma yuridik xujjat emasligi va birlamchi xujjat sifatida karalishini kanday normativ xujjatlar yoki konunlar asosida isbotlashim mumkin.


Amaldagi qonunchilikka asosan hisobvaraq-faktura qat’iy soliq xujjati boʻlib hisoblanadi.

Eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirish muddati kachongacha? Agar oʻrnatilgan muddatgacha almashtirolmasam nima boʻladi?


Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Farmoniga (5.01.2011 yildagi PF-4262-son) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eski namunadagi pasportlarining amal qilish muddati oʻz kuchini 2015 yilning 31 dekabrigacha saqlaydi.

Ishchi bir davlat tashkilotida toʻliq stavka asosida ishlaydi. U qoʻshimcha ravishda boshqa-bir davlat tashkilotida fuqarolik-huquqiy mehnat shartnomasi (trudovoye soglasheniya) asosida ishlashi mumkinmi? Mumkin boʻlsa asoslari qanday?


 Ha, mumkin. Agarda ichki hujjatlariga zid kelmasa, davlat organi xodimi boshqa tashkilot bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomasi tuzishi mumkin.

Ma’suliyati cheklangan jamiyatda direktor mazkur jamiyatning menejer lavozimiga, jamiyat menejeri jamiyat direktori lavozimiga oʻtkazilmoqda. Jamiyat direktori bilan mehnat shartnomasi ta’sischilar qaroriga asosan bekor qilinganidan soʻng, yangi tayinlangan jamiyat direktorining buyrugʻi bilan sobiq direktor menejer lavozimiga qabul qilinadimi?


Yoʻq, chunki Jamiyat rahbarini ishga qabul qilish jamiyat ta’sischilarining huquqidir. Mehnat shartnomasi direktor bilan bekor qilingandan keyin yangidan sobiq direktor “menejer” lavozimiga ishga qabul qilinadi. Chunki menedjer lavozimga ishga qabul qilish Jamiyat direktori vakolatidadir.

Agar xodim 10 oy davomida mehnatga yaroqsizlik varaqasida boʻlsa, mehnat ta’tili berish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa mehnat ta’tiliga haq toʻlash tartibi qanday?


V dannom sluchaye naxojdeniye rabotnika na bolnichnom v techeniye goda ne vliyayet na razmer oplati trudovogo otpuska i oplachivayetsya soglasno statye 148 TK.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi PF-1504-sonli Farmonidagi 5-bandi "Talab qilish huquqini berish shartnomalaridan" nimasi bilan farq kiladi? Batafsil tushuntirib bersangiz.


Talab qilish huquqini berish operatsiyasi Farmonning 5-bandini ikkinchi qismida aytib oʻtilgan “daromadni yashirish” sifatida baholash noqonuniy deb hisoblanadi.

Kichik korxona ochish uchun 3 ta ta’sischi ishtirok etgan, lekin ustav fondini shakllantirishga faqatgina bitta ta’sischi pul qoʻygan qolgan ikkitasi ustav fondi uchun pul qoʻymagan boʻlsada korxona ustavida ta’sischi sifatida kiritilgan shunday xolatda qolgan ikkita ta’sischi korxonadan ulush talab qilishga haqqi bormi?


Korxonangizning uchta muassislardan ikkitasi ustav fondidagi oʻzlarining ulushlarini umuman toʻalamaganligi (ya’ni ushbu fondga oʻzlarining hissalarini umuman qoʻshmaganligi) sababli ularning har biri oʻz ulushining qiymatini jamiyat tomonidan toʻlanishini talab qilishga haqli emas.

Tashkilot iqtisod qilingan mablagʻni koʻrilgan zararlarni qoplash uchun ishlatishi mumkinmi?


Ushbu savoldan shu narsa ma’lum boʻladiki, tashkilot putratchi sifatida qurilishga oid pudrat shartnomasi asosida ishlarni bajargan.

Oʻzbekisto Respublikasi Fuqarolik kodeksining 666 moddasiga muvofiq, Pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi buyurtmachining topshirigʻiga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.

1. Mening otamga 2003 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Ushbu faxriy unvon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabr kungi 272-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida NIZOM»ning 13-bandiga asosan mehnat faxriysi hisobida mening otamga yer uchastkasi ajratilishi mumkinmi? 2. Mening otamga berilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi san’at arbobi faxriy unvoni yohud shu kabi davlatimiz tomonidan beriladigan boshqa faxriy unvonga ega fuqarolar mehnat faxriysi unvoniga tenglashtirilgan holda yer uchastkasini birinchi navbatda olishi mumkinmi? (Iltimos ushbu savolga javobni «NORMA MASLAHATChI» iqtsodiy huquqiy gazetasida chop etishingizni soʻrayman) F.Romanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, 21 kichik tuman, 5 B uy, 12 xonadon

Korxona balansidagi mulk sotilgandan keyin ulgurji savdo faoliyati bilan shugullanishi mumkinmi?


Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olgan yuridik shaxs konunchilikda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya kilishi kerak.

Uyning oldi-sotdi shartnomasi tuzilganida oila a’zolarining xammasidan rozilik olinmagan deb uyning eski egasini oila a’zolari uyni qaytarishiga da’vo qilishi mumkinmi?


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrugʻi bilan tasdiklangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning 51- bandiga asosan, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi. Ushbu Yoʻriqnomaning 52-bandiga kura, uy, kva

Andijon viloyati Qorasuv shahrida pensionerlarning pensiya pullarini majburiy ravishda 50% plastik kartaga oʻtkazishmoqchi ekan. Shu toʻgʻrimi?


Plastik kartalarni qoʻllash ixtiyoriy asosda amalga oshirilishi zarur. Ishlamaydigan shaxsga pensiya va nafaqa toʻlovi shakli uning arizasiga asosan aniqlanadi.

Toshkent viloyatida yashovchi 13 yoshli farzandimizni Toshkent shahridagi maxsus maktabda oʻqitish uchun Toshkent shahrida yashovchi yaqin qarindoshimiz uy manziliga vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyishimiz mumkinmi?


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 21 mayda 2366-son bilan roʻyxatga olingan, IIV Buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi  Yoʻriqnomaning 11-bandiga asosan ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar oʻqish davri uchun hisobga olinadi.

Qum va shagʻal ishlab chiqaruvchi korxona yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlishi mumkinmi?


Yoʻq, Sizning korxonangiz   yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlishi mumkin emas.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning asosiy hisobvaragʻidan mablagʻlarni talablarni qondirish uchun mutanosib ravishda hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini qanday aniqlash mumkin?


Ushbu masala 15.03.2012 yilda Adliya vazirligida 2342-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”si(matn davomida - Yoʻriqnoma) bilan tartibga solinadi.