Javob beramiz
Bunday hollarda vaqtinchalik mehnat jamoasi tuzishimiz mumkinmi?
Ma’lum hajmdagi ishlarni bajarish yoki biron bir loyihani amalga oshirish zarur boʻlganda faqat shu ishlarni amalga oshirish uchun vaqtincha jalb qilingan mutaxassislardan iborat jamoa vaqtinchalik mehnat jamoasi deyiladi.
Jismoniy shaxslarga moddiy yordam berilganda JShDS
Korxona jismoniy shaxsga begʻaraz moddiy yordam berganida, soliq oqibatlari moddiy yordam berish maqsadlari va uning miqdoriga bogʻliq.
MChJ ta’sischisi-yuridik shaxs oʻz ulushini sotishida QQS
Yuridik shaxslar ustav fondidagi ulushni sotish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etiladi.
Investitsiyaviy chegirmani qoʻllash
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud ishlab chiqarish binolari va inshootlarini modernizatsiya qilish, qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi.
Qozogʻiston Xalq bankidan kredit olishning soliq oqibatlari
Korxona Qozogʻiston Xalq bankidan kredit olgani uchun alohida soliq imtiyozlari belgilanmagan.
Aksiyalar emissiyasi bekor qilinishining soliq oqibatlari
Aksiyadorlarning roziligi bilan ushbu summalarni korxona daromadga olganida, majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad deb tan olinib, soliq oqibatlari vujudga keladi.
Buxgalteriya oʻtkazmasi bank koʻchirmasiga asosan amalga oshirilishi
Pul tushumi 2021 yil 4 oktyabr uchun bank koʻchirmasida aks etgan boʻlsa, demak, bu operatsiya uchun buxgalteriya oʻtkazmasi ham shu kuni beriladi.
Kredit boʻyicha foizlar – bu xarajat
Yoʻq, avtomobilni lizingga olishda boshlangʻich toʻlov uchun olingan kredit summasi ham, u boʻyicha foizlar ham avtomobilning tannarxiga qoʻshilmaydi.
Xizmatlar tannarxidan past baholarda koʻrsatilishining soliq oqibatlari
DSI xodimlari tomonidan jamiyat davlat dori zahiralarini saqlash bilan bogʻliq harajatlari, ya’ni zahiradagi dori qoldigʻining 0,25% dan oshgan va jamiyatning oʻz hisobidan qoplangan qismini oʻz tannarxidan past narxlarda sotilishidan koʻrilgan zarar sifatida hisobga olib, unga 2016-2018 yillar uchun yagona soliq toʻlovi va 2019 yil uchun QQS qoʻshimcha hisoblashi asosli, 2020 yil uchun QQS qoʻshimcha hisoblashi esa asosli emas.
Import chogʻida toʻlangan QQSni hisobga olish
Qadoqlash xarajatlari – korxonaning sotish xarajatlari
Tovarni qadoqlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar tovar tannarxiga kiritilmaydi. Ular sotish xarajatlari, ya’ni 9410 schetga olib boriladi.
Qurilish tashkilotiga mol-mulkni tekinga berish
Elektr energiyasi boʻyicha oldindan toʻlovni yopish
Elektr tarmoqlari korxonasi sizning pulingizni ijaraga beruvchiga oʻtkazib bergan boʻlsa, u holda ijaraga beruvchi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzib, ushbu qarzdorlikni va ijara haqini FK 343-moddasi asosida oʻzaro yopib borishingiz mumkin.
Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan xodim homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqqanda buyruq rasmiylashtiriladimi yoki kassallik varaqasining oʻzi asos boʻladimi? Xodimga homiladorlik davrida belgilangan toʻlovlar buyruqsiz toʻlanishi mumkinmi?
Tovarlarni kirim qilish
Sotilgan tovar boʻyicha xaridorning roziligi bilan ilgari yozib berilgan hisobvaraq-fakturalarni bekor qilib va uning oʻrniga xaridor tomonidan tasdiqlanadigan tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishingiz mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter