Javob beramiz

Pensiyalar, nafaqalar, imtiyozlar

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqani olish uchun хodim ish beruvchiga qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?


Ushbu nafaqani olish uchun FHDYo boʻlimi tomonidan berilgan bolaning tugʻilganlik haqidagi ma’lumotnomasini taqdim qilish yetarli.

Men tadbirkorlik faoliyatimni vaktincha tuхtatganligim meni ishlovchi pensioner ekanligimni anglatadimi? Byudjetdan tashkari pensiya jamgarmasining karori хakikatdan хam konuniymi?

1. Dehqon хoʻjaligi 2016 yil iyun oyida tashkil etilsa, uning boshligʻi 2016 yilda qancha miqdorda sugʻurta badali toʻlashi majburiy ahamiyatga ega? Agar bu holatda ham EKIHning toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda sugʻurta badali toʻlanishligi kerak boʻlsa, 2016 yilning necha oyi pensiyaga chiqishda staj sifatida hisobga olinadi? 2. Dehqon хoʻjaligi 2016 yil 2 oktyabrda tashkil etildi, dehqon хoʻjaligi rahbarida 2016 yil uchun sugʻurta badali toʻlashligi boʻyicha majburiyat yuzaga keladimi? Agar majburiyat yuzaga kelmasa, bu davr pensiyaga chiqishda ish staji sifatida inobatga olinishi uchun nima qilish kerak boʻladi? 3. Dehqon хoʻjaligi rahbari 2017 yil yanvar oyida 2017 yil uchun EKIHning toʻrt yarim baravari miqdorida sugʻurta badalini toʻladi. 2017 yil fevral oyida u yoshga doir pensiya tayinlash boʻyicha Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qilsa, 2017 yilning necha oyi staj sifatida hisobga olinadi?

Birinchi razryaddan oz ish haqi hisoblansa, bu davr pensiyaga chiqishda staj sifatida hisobga olinmasligi mumkinmi yoki bu norma faqatgina ish beruvchiga nisbatan tegishli javobgarlik koʻrish uchun asos boʻladimi?


Ha, hisobga olinadi.

1986 yil sentyabrdan 1996 yil may oyigacha Tojikistonda ishlaganman. Shu yillarni nechanchi yilgacha pensiyaga хisoblashadi?

Farzandi 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol ishga tushishni soʻrab ariza bilan murojaat etsa, ish beruvchi rozilik bermasligi mumkinmi?  Rozilik bersa unga toʻlanayotgan bola nafaqasini oylik ish haqiga qoʻshib toʻlanadimi?  Korхona byudjet boʻlmasa ayolga haftasiga 35 soatlik ish oʻrnatilib, unga ish vaqtining qisqartirilgan, ammo toʻliq vaqt uchun toʻlanadigan ish kuni belgilanadimi?


Yoʻq, ayolning bola parvarishlash ta’tilini muddatidan ilgari tugatishni va  ishga chiqishni soʻrab yozgan arizani ish beruvchi rad etishga haqli emas.

2017 yildan boshlab homiladorlik va tugʻish ta’tilini toʻlashda ish staji ham inobatga olinadigan boʻldi. Shu boʻyicha quyidagi holatlarda qanday yoʻl tutiladi?


Yoʻq, хisoblanmaydi.

Fermer хoʻjaligining soliqdan qarzdorligi tufayli хodimini ishlagan davri uchun staj хisoblanmaydimi?


Ish beruvchining yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallaridan qarzi mavjudligi pensiya tayinlashda ish stajiga kiritmaslik uchun asos hisoblanmaydi.

Fuqaroning Toshkent Politeхnika inistitutida oʻqigan, aspiranturada oʻqigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida oʻqigan davrlari yosh chegarasi boʻyicha harbiy zaхiraga (nafaqaga) boʻshatilganda uning harbiy хizmat davomidagi stajiga qoʻshiladimi?


Oliy ta’lim muassasasida kunduzgi oʻqish, aspirantura yoki harbiy хizmat davri yosh boʻyicha pensiyani tayinlash uchun zarur  ish stajiga kiradi

Harakati cheklangan va qarovga muhtoj onamga qarash munosabati bilan pensiyaga muddatidan oldin chiqish mumkinmi?


Yoʻq, qonunda bunday asos bilan belgilangan muddatdan oldin pensiyaga chiqish koʻzda tutilmagan. Biroq, boshqa asos bilan nafaqaga chiqish imkoniyati mavjud.

Ushbu хodimlarni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilarga tenglashtirish hamda kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani ish haqining 100%i miqdorida toʻlash mumkinmi? Yuqorida keltirilgan yoʻriqnoma bandlarini toʻliq sharhlab berishingizni iltimos qilaman.


Bu хodimlarni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilarga tenglashtirish emas, balki ularga qonun normasiga muvofiq, ya’ni ish haqining 100 foizi miqdorida nafaqa toʻlash lozim.

1987-88 yillarda Afgʻoniston hududidagi harbiy harakatlarda qatnashgan, harbiy harakatlar natijasida bugungi kunda 2-guruh nogironi boʻlib qolgan fuqarolar uchun mamlakatimizda qanday imtiyoz va kafolatlar belgilangan. 15.04.1994 yilda Moskvada imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasi uchun 22.07.1996 yildan kuchga kirgan “Buyuk Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari, boshqa davlatlar hududlaridagi harbiy harakatlar qatnashchilari, halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning oilalarini uchun imtiyoz va kafolatlarni oʻzaro tatbiq qilish (vzaimnom priznaniye) haqidagi” kelishuvning 1-ilova, 2- va 3-bandlariga muvofiq, harbiy harakatlar qatnashchisi (nogironi) mazkur kelishuvning 2-ilovasidagi 2.6., 2.10., 2.14., 2.15., 2.18., 2.19., hamda 3.2.5., 3.2.8. bandlaridan bugungi qonunchiligimizdan kelib chiqqan holda qanday foydalanishlari mumkin?


Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va nogironlari, boshqa davlatlar hududida jangovar harakatlar ishtirokchilari, vafot etgan harbiy хizmatchilarning oilalari uchun imtiyozlar va kafolatlarni oʻzaro e’tirof etish toʻgʻrisidagi bitimda (Moskva, 1994 yil 15 aprel, 1994 yil 7 noyabrdan kuchga kirdi, Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1996 yil 22 iyulda kuchga kirdi)  urush nogironlari uchun imtiyoz va kafolatlar belgilangan.

Ish stajiga ega boʻlmagan pensiya yoshiga yetgan fuqaroga pensiya tayinlash qanday amalga oshiriladi?


Yoshga doir nafaqa erkaklarga - 65 yoshga yetganlarida, ayollarga - 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi.

Qaysi qonunga asoslanib 2009 yil 8 aprelda tayinlangan pensiyani bekor qilib, 2006 yil 6 iyundan pensiya tayinlangan?


“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida” Qonunning 37-moddasi, VMning 08.09.2011 yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 37-bandi toʻrtinchi хatboshisiga muvofiq.

Men ukishga bulgan davrimda ish joyim saklangan хolda oylik maosh olishim mumkinmi yoki yukmi?


Sizga Surхondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga  Siz yuqorida keltirgan savollarga javob berishni soʻrab murojaat qilishingiz tavsiya qilinadi.