Javob beramiz
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish
Pensiyaga chiqqan хodimni Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan ishdan boʻshatish mumkinmi?
Qaysi hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi?
Ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilganda ish haqi toʻlanadimi
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’iy nazar, хodimga foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya va mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlagan kunlariga ish haqi toʻlanadi.
1.Xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda mazkur moddiy yordamni ham toʻlab berish yoki mehnat ta’tilini oldindan olishgan boʻlsa, ortiqcha olingan moddiy yordam summasini ham qaytarib ushlab qolish kerak boʻladimi? 2.Bunda necha oyga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya berilishi kerak boʻlsa, moddiy yordamning toʻliq summasini ham 12 ga boʻlib, tegishli oylar soniga koʻpaytirgan holda hisob-kitob qilib chiqarish toʻgʻri boʻladimi?
Xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda unga moddiy yordam koʻrsatish haqida tegishli qaror boʻlsa, korхona moddiy yordamni toʻlab berishga mas’uldir, agar bunday qaror boʻlmasa, moddiy yordam toʻlanmaydi. Toʻlangan moddiy yordam summasi hech qanday sabab bilan хodimdan qaytarib olishmaydi yoki mehnat haqidan ushlab qolinmaydi.
Pensiya yeshiga yetgan va imtiyezli pensiya olish huquqiga ega boʻlgan хodim bilan Mehnat kodeksning 100 moddasi 7 bandi asosida mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniyligi
Sizning holatingizda qonun hujjatlarida savolingizga aniq javob mavjud emas, biroq Ish beruvchi 50 yoshga toʻlgan va imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻlgan хodim bilan mehnat shartnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismining 7-bandiga asosan bekor qilishga haqli emas deb hisoblaymiz.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter