Javob beramiz

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar

PQ-2687 qarorga asosan mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz oʻz kuchidami va undan foydalansa boʻladimi?


Oʻzbekiston Prezidentining 21.12.2016 yildagi №PQ-2687 qarorining 14-bandiga muvofiq berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2020 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Bank ixtiyoriga oʻtgan bankort-korxona sotilayotgan vaqtda foyda koʻrib ishlayotgan boʻlsa va yangi strategik investorga sotilsa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2010 yil PQ-1438- sonli qarorida koʻrsatilgan soliq imtiyozidan foydalanishga haqlimi?


Prezidentning 19.11.2008 yildagi F-4010 sonli farmoyishida belgilangan tartibda yangi tashkil etilgan va strategik investorga sotilgan korxonalar sotilgan paytdan boshlab 2 yil davomida YaST toʻlashdan ozod etiladi. 

Agar farzand, ota va ona ishlashsa va ularning oyliklaridan kontrakt toʻlovi uchun mablagʻ oʻtkazilsa ish haqidan daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladimi?


Jismoniy shaxslarning yoshi yigirma oltiga toʻlmagan farzanlari yoki oʻzi OʻzRning oliy oʻquv yurtlarida oʻqishi uchun yoʻnaltirgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solishdan ozod qilinadi.

Imtiyozdan foydalansam boʻladimi? Xozirda men shu imtiyozni qoʻllash va 2017 hamda 2018 yillar uchun ish haqimni qayta xisob-kitob qilib berish toʻgʻrisida ariza bilan chiqsam qonuniy boʻladimi?


Ha, imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin, shuningdek avvalgi davrlar uchun ish haqini qayta hisob-kitob qilishni talab qilishga huquqingiz bor.

PF-4853 sonli farmon boʻyicha erkin iqtisodiy zonada joylashgan korxona Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoniga asosan umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtsa, QQSdan ozod boʻladimi?


Prezidentning 26.10.2016yildagi PF-4853 sonli farmonida erkin iktisodiy zonalar ishtirokchilari boʻlgan korxonalar QQS boʻyicha imtiyoz berilmagan.

1. Qoʻshma korxonalarga qanaqa solik va bojxona imtiyozlari mavjud, norezidentning ulushi bilan yangi tashkil etilgan MChJga qanaqa imtiyozlar mavjud? 2. Prezidentning qarorlari bilan tashkil etilayotgan kichik iqtisodiy zonalarga qanday imtiyozlar mavjud? 3. Samarkand viloyatining qaysi xududlarida iqtisodiy zonalar mavjud. 4. Qoʻshma korxona tashkil etilgani qulaymi yoki iqtisodiy zonada MChJ tashkil etilgani qulaymi?


Xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar va erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun Davlatimiz tomonidan soliq va majburiy toʻlovlardan, hamda bojxona bojlaridan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar berilgan. Samarqandning Urgut tumanida EIZ tashkil etilgan.

Tayyor tikuv maxsulotlari, tayyor kiyim-bosh (Gotoviye shveyniye izdeliya, gotovaya odejda (shveyniye, trikotajniye i kojaniye izdeliya))larga biz ishlab chiqarayotgan maxsus kiyim-boshlar xam kiradimi va biz ushbu imtiyozdan foydalanishimiz mumkinmi?


Agar korxonangizda hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida shunday tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan tushumlar ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa, belgilangan imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin.

2017 yil tashkil etilgan “S” qoʻshma korxona 2017 –2019 yillar davomida Prezidentning 2005 yil 11 apreldagi PF 3594-son Farmoni asosida soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkinmi?


Mazkur holatda soliq imtiyozidan foydalanilsa, kelajakda muzokaraviy vaziyat (spornaya situatsiya) yuzaga kelishi mumkin.

Soliq kodeksining 269-moddasi 2-qismi 2-bandida koʻrsatilshan imtiyozni “Suvokova DUK” va uning filiallari qoʻllashi mumkinmi, yoki ushbu tizim korxonalari SKning 269- moddasi 1-qismi 1-bandiga muvofik imtiyoz qoʻllashadimi?


SK 269-moddasining 1-qismi va 2-qismida har xil tarzda berilgan imtiyozlar aks ettirilgan. Imtiyozdan foydalanish imkoniyati korxonaning oʻzi yoki unda mavjud mol-mulkning ushbu moddada belgilangan mezonlarga muvofiq kelishiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasiga a’zo boʻlgan korxonaga kalava ip, ishlab chiqarish chiqindisi sotganda 0% stavkada QQS xisoblab schyot- faktura taqdim etish mumkinmi?


Prezidentining 28.03.2011 yildagi PQ-1512 qarorida asosan "Uzbekengilsanoat" AJ korxonalariga 2020 yilning 1 yanvarigacha toʻqimachilik yarimfabrikatlarini nol foizli stavkada QQS hisoblash bilan sotib olishga ruxsat berilgan.

Oʻzbekiston Prezidentining 21.12.2016 yildagi PQ-2687 sonli qarori boʻyicha berilgan imtiyozdan foydalanish uchun soliq xizmatiga ariza beriladimi va berilsa, qanday shaklda beriladi?


Prezidentning 21.12.2016 yildagi PQ-2687 sonli qarori boʻyicha berilgan imtiyozlarni qoʻllash uchun soliq xizmatiga hech qanday ariza berilmaydi. Imtiyozlarni qoʻllash tartibi AVda 2017 yil 16 mayda 2885-son bilan roʻyxatga olingan Nizomda bayon etilgan.

 

Yangi ochilgan MChJ Yagona soliq toʻlovida boʻlsa kanday imtiyozlar mavjud? YaIT boʻyicha imtiyozga egami?


Yangi ochilgan MChJ kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlsa, 6 oy davomida YaST va YaITning eng kam miqdorini hisobga olmagan holda toʻlash imkoniga ega.

Kafil tashkiloti tomonidan bank krediti toʻlovlari uchun toʻlab berilgan mablagʻlar ushbu tashkilotga qaytarilganda soliq oqibatlari kelib chiqadimi?


Yoʻq, Kafil tashkiloti tomonidan toʻlab bergan pul mablagʻlarini ushbu tashkilotga qaytarib berishning oʻzi bevosita soliq oqibatini yuzaga keltirmaydi. Ammo sizning jamiyatingizda FKning 295-moddasi va SKning 135-moddasi bilan bogʻliq boʻlgan soliq majburiyatlari yuzaga kelishi mumkin.

1) Innovatsiya markazi rezidenti tomonidan Yagona soliq toʻlovi hisobotida soliq imtiyozi Prezidentning PQ-2042-sonli qarori yoki PF-5099-sonli farmoni boʻyicha qoʻllaniladi? 2) PF-5099 boʻyicha berilgan soliq imtiyozlari maqsadsiz yoki maqsadli hisoblanadimi? 3) Maqsadli boʻlgan imtiyozdan boʻshagan mablagʻlarni hisobi qaysi schetda yuritiladi?


Korxona Innovatsiya markazi rezidenti boʻlganidan soʻng Innovatsiya markazi rezidentlari uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanishi lozim.

Prezidentning 17.04.2006 yildagi PQ-325-son Qarorida koʻzda tutilgan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozi bizning korxonamizga tatbiq etiladimi?


Nodavlat ta’lim muassasalari – kichik biznes sub’yektlari boʻlib hisoblanmaydi. Ularga nisbatan Prezidentimizning 17.04.2006 yildagi PQ-325-son Qarorida belgilangan imtiyozlar tadbiq etilmaydi.