Javob beramiz
Xodimga ish joyida koronavirus yuqtirish ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa hisoblanadimi
Xodimning Covid-19 virusi bilan zararlanishi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa boʻlib hisoblanmaydi.
Korxonaning har bir filialiga alohida shtat jadvalini yuritish imkoniyati
Faqatgina bosh direktor imzo huquqi va muhrga (savoldan kelib chiqib) ega boʻlganligi sababli, u barcha xodimlar uchun ish beruvchi boʻlib hisoblanadi hamda ular bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi. Shu sababli, shtat jadvalini alohida filiallar boʻyicha boʻlish zaruriyati yoʻq deb hisoblaymiz.
Ushbu holatda xodimlarimiz bizni sudga bersa, biz uchun qanday salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?
Agarda sud xodimlar tomonini olsa MKning 112 moddasiga asosan ish beruvchining javobgarligi yuzaga keladi.
Davlat xizmatlariga yoʻnaltirilgan xarajatlar hisobi
Kelgusi davrlar xarajatlarini joriy xarajatlarga bir maromda hisobdan chiqarish SKda nazarda tutilgan soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisobga olish tartibiga zid emas
Gidrogeologiya xarajatlarini hisobga olish tartibi
Foydali qazilmalarni qazib olish boshlanishi paytigacha qilingan xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi
Qanday qilib xodimni masofadan ishlashga oʻtkazish mumkin
Masofadan ishlashga oʻtkazishni ish beruvchining tashabbusi bilan amalga oshirish uchun, ham ish beruvchi, ham xodim masofadan ishlash rejimidan foydalanish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Fors-major holatida ish beruvchining xodimlar oldidagi majburiyatlari
Fors-major - yuridik konsepsiya, unga muvofiq shartnoma tarafi favqulodda va yengib boʻlmas kuch holatlari roʻy berganda uni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan xalos boʻlishi mumkin
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirish
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqaga doir joriy qarzdorlik haqidagi axborot 6710-"Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashish" schyoti krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Xodimning 6 oydan kam ish davri uchun ta’til kunlarini hisoblash
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir toʻliq ta’til miqdorini oʻn ikkiga boʻlib, soʻng toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xodimlariga yoki karantin vaqtida hech qanday korxonamiz ishlari bilan band boʻlmagan xodimlarga ish haqi toʻlamaslikka haqqimiz bormi (ya’ni bu yerda xodimlar ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolayotgani yoʻq, karantin sababli bekor turib qolishmoqda)?
Ish beruvchining ayibi yoʻqligidan qat’i nazar xodimga bekor turib qolingan davr uchun uning oʻrtacha ish haqi toʻlanilishi lozim.
Kunu tun rejimida ishlaganda ish vaqti hisobi
Ish vaqti hisobini yuritish uchun mansabdor shaxslarning shaxsan javobgarligi mavjud emas.
Xronometraj kuzatuv boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni aks ettirish
Qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 2019 yil uchun soliq hisobotida aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etgan holda aks ettirish lozim.
IDAKda ishlash majburiyatlarini xodimga yuklashda buyruqni rasmiylashtirish zururligi
Ish beruvchi yozma shaklda tegishli qarorni rasmiylashtirish yoʻli bilan "YaMMT" IDAKga kirish huquqiga ega boʻlgan mas’ul shaxslarni belgilashi shart
III guruh nogironligi boʻlgan xodimga mehnat shartnomasi va buyruqni rasmiylashtirish
Ishlaydigan III guruh nogironlari uchun imtiyozlar I va II guruh nogironlariga taqdim etilgan imtiyozlardan farq qiladi.
Hisoblangan, lekin toʻlanmagan dividendlarni MChJ ustav fondidagi ulushini berish sanasida toʻlash
Ulushni hadya qilish sanasida hisoblangan, biroq toʻlanmagan dividendlarning bir qismi ulush taqsimlab berilgan muassisuga toʻlanishi lozim.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter