Javob beramiz
Qoʻshib olish shaklidagi qayta tashkil etishda xususiy kapitalning aks ettirilishi
Qoʻshib olish - bir yoki bir nechta korxona faoliyatini toʻxtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish.
Foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlar
Foyda soligʻi bazasini aniqlashda yuridik shaxsning jami daromadidan daromad olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, SK 317-moddasidagi chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi korxonaga imtiyozlar
Qonunchilik tomonidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarga alohida imtiyozlar berilmagan.
Oʻtgan soliq davrlari uchun QQS hisob-kitobini taqdim etishdagi muammoni hal etish
DSQga soliq qonunchiligida belgilangan majburiyatingizni bajarish maqsadida 2021 yil iyul oyi bilan soliq bazasidagi va soliq summasidagi farqqa EHF shakllantirish imkoniyatini berishni soʻrab murojaat qilishingizni maslahat beramiz.
Xodim bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqan kundan boshlab oʻz lavozimidan boshqa lavozimga oʻtishga haqlimi?
Xodim Mehnat kodeksida koʻrsatilgan hollarda yoki kelishuv asosida doimiy yoki vaqtincha boshqa ishga oʻtkaziladi.
Xizmatlar importida EHF rasmiylashtirilishi
Chet ellik kompaniyalar tomonidan koʻrsatilgan har bir xizmat uchun oʻsha xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi sanada alohida EHF rasmiylashtiriladi.
Mehmonxona tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarining qoʻllanilishi
Korxona mehmonxona sifatida faoliyat koʻrsatishni 2021 yil oktyabrdan boshlagan boʻlsa, ushbu soliq imtiyozlari va preferensiyalarini ham shu davrdan boshlab qoʻllashi kerak.
1. Binodan tekinga foydalanishda EHF rasmiylashtiriladimi? 2. Foydalanuvchi uchun soliq oqibatlari qanday?
Mulkdor binoni korxonangizga tekinga foydalanishga berishi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish hisoblanmaydi. Shu sababli u korxonangizga EHF taqdim etmaydi.
Chet el korxonasining filialiga binoni ijaraga berishda aylanmadan soliq
Aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlgan korxona chel el korxonasining filialiga binoni ijaraga bersa, QQS toʻlamaydi.
Xodimlarni ovqat bilan ta’minlashda QQS
Ekspert fikriga koʻra, agar korxonaning lokal hujjatlarida (misol uchun, jamoa shartnomasida) xodimlarni ovqat bilan ta’minlash koʻzda tutilgan boʻlsa va bunday ta’minlash iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlasa, bu tovarlarni realizatsiya qilish aylanmasi hisoblanmaydi va QQS solinmaydi.
Bosh hisobchiga hisobchi ishini bajarganligi uchun qoʻshimcha ish haqi toʻlash mumkinmi?
Byudjet tashkilotida bosh buxgalter buxgalter ishini ichki oʻrindoshlik asosida bajarishi mumkin.
Toʻliq amortizatsiya qilingan bino boʻyicha mol-mulk soligʻi
Toʻliq amortizatsiya qilingan binoning bozor bahosini korxonaning oʻzi aniqlashi yoki mustaqil baholovchi tashkilot bilan shartnoma tuzib, baholattirishi mumkin.
Oldingi yillardagi asosiy vositaga aloqador buxgalteriya oʻtkazmalarini tuzatish
Jamgʻarilgan eskirish summasi korxona uchun ahamiyatli, yoʻl qoʻyilgan xato joriy yilning moliyaviy natijalariga ta’sir koʻrsatmasligi kerak. Shu sababli xarajatga olib borilgan summalarning tuzatilishi yil boshiga 8700 «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar»dagi saldo orqali amalga oshiriladi.
Kungaboqar yogʻini QQSsiz sotish majburiy
Soliq hisobotlarida JShShIR notoʻgʻri boʻlsa, nima kilish kerak
Xatoni tuzatish maqsadida JShShIR notoʻgʻri koʻrsatilgan hisobotlarni qayta topshirishingiz maqsadga muvofiq.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter