Javob beramiz

Davlat muassasasi tomonidan birja savdosida bir ishni bajarish yoki mahsulot yetkazib berish boʻyicha gʻolib yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish tartibi qanday? Shartnoma muassasaga beriladimi?


Birja bitimlarini tuzish huquqiga dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatidagi birja a’zolari egadirlar.

Yuqoridagilarga koʻra, PF-5059 va PF-5241-son Farmonlarni asos qilib xodimlarning ish haqidan ularning roziligisiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun qarzni ushlab qolish qonuniy hisoblanadimi?


Ha, qonuniy hisoblanadi.

Filialni tashkil etgan korxona bilan filial oʻrtasidagi ishlash tartibi qanday boʻladi? Yuqoridagi harakatlarimiz toʻgʻrimi?


Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasi hisoblanadi. 

Avansning oy boshida berilishi un tulov topshiriknomasi takdim etilganda, bankning, avans mikdori, xali oyning yarmi kelmaganligi, xodimning oy tugamasdan ishdan ketib kolishi mumkinligi kabi xolatlarni vaj kilib MChJ ichki faoliyatiga aralashuvi xamda pul uutkazmasligi nechoglik tugri?


Bu vaziyatda mijoz bilan bank oʻrtasidagi tuzilgan shartnomada ish haqlarini (avanslarni) toʻlash uchun qanday muddatlar belgilanganligini bilish kerak.

Bunday xolatda chorva mollarini kanday tartibda sotish mumkin? Ish xakidan ushbu tulvlarni ushlab kolish yukoridagi karorga zid bulmaydimi?


Tovarni sotishning huquqiy asoslar Fuqarolik kodeksi (FKning 386-436-moddalari) bilan tartibga solingan, ularga muvofiq har qanday shaxslar, shu jumladan bir-biriga nisbatan ish beruvchi va xodim hisoblangan shaxslar sotuvchi va sotib oluvchi boʻlishlari mumkin.

Ushbu shartlar konun xujjatlariga zid ravishda emasmi?


Yoʻq, zid emas.

Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida xodim tomonidan jamoa shartnomasining ichki mehnat tartibi qoidalarini buzilganligi aniqlansa, unga jazo chorasi qoʻllash vaqtida mehnat ta’tiliga chiqqan yoki kasal boʻlsa, unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllasa boʻladimi?


Ha, mumkin.

Bosh yuriskonsult boʻlib ishlashga ruxsat bormi?


Sizning holatingizda ushbu shaxs oʻrta yuridik ma’lumot va hali tugallanmagan iqtisodiy ma’lumot bilan, buning ustiga adliya organi bilan kelishilmasdan bosh yuriskonsult boʻlib ishlashi mumkin emas.

Bosh hisobchiga “xayfsan” jazosi berilgan boʻlsa, moddiy yordam beriladimi? Jazo muddati oʻtmagan.


Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi.

Ommaviy savdolar orqaligina sotuv amalga oshirilishi majburiy boʻlgan holatlarni batafsil tushuntirib bersangiz. Bizning korxonamiz uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, bino-inshootlarni, boshqa korxonalarga kiritilgan ulushlarni va h.k.larni toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvni amalga oshirish uchun qonunchilikda taqiq mavjudmi?


Bizningcha, Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari tashkilotingizga nisbatan tatbiq etilmasligi kerak.

Xususiy korxonaning gʻisht ishlab chiqarish faoliyatini baliqchilik sohasiga oʻzgartirish qaysi hujjatlar asosida qanday tartibda amalga oshiriladi?


Tadbirkorlik sub’yektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Yuqoridagi izohga toʻliq ma’lumot bersangiz. Litsenziyalangan faoliyatga kiradimi?


Umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlariga kirmaydi.

Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri kiritilishi yoki kiritilmasligi toʻgʻrisida aniq ma’lumot berishingizni soʻraymiz.


Xodimni ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri qoʻshilmaydi.

Ichki turizm boʻyicha qaysi xarajatlar soliq solinadigan bazadan kamaytiriladi? Masalan, Wi-Fi uchun qilingan xarajatlar ham soliq solinadigan bazadan kamaytiriladimi?


Soliq solinadigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar

Korxonamiz tasarrufidagi ob’yektlar xatlovdan oʻtkazilganda korxona balansida turgan imoratdan zarurat boʻlmaganligi sababli foydalanilmayotganligi aniqlandi. 1 yildan buyon shu hudud qishloq vrachlik punkti shifokorlari imoratdan foydalanishmoqda, lekin oʻrtamizda hech qanday kelishuv yoki shartnoma tuzilmagan.


Mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng imorat balansdan chiqarilishi mumkin.