Javob beramiz

Imtiyozlar

Bolalar adabiyotini sotuvchi nashriyot uchun qanday soliq imtiyozlari tadbiq etiladi? Ushbu holatda “Ijod” fondiga ajratmalar va yagona soliq toʻlovi qanday hisoblanadi?


Bolalar adabiyotini sotuvchi nashriyotlar “Ijod” fondiga majburiy ajratmalarni bosma mahsulotlardan tushgan yalpi tushumdan (shu jumladan bolalar adabiyotidan ham) 1% miqdorida hisoblaydilar, YaST esa barcha bosma mahsuloti realizatsiyasidan 5% stavkada hisoblaydilar (“Ijod” fondiga ajratmalarni chegirgan holda).

Lizing tashkiloti oʻziga tegishli ma’muriy binoni lizingga realizatsiya qilishidan koʻrilgan daromad soliqdan ozod qilinadimi?


Yoʻq, ushbu holatda soliq imtiyozi qoʻllanilmaydi.

Korxona tomonidan valyutaga bajarilgan ishlar OʻzR Prezidentining 26.03.2012y. №1731-son Qarori 5-bandi 1-qismida koʻrsatilganidek eksport sifatida hisobga olinadigan qurilish ishlariga toʻgʻri keladimi? Agar eksport sifatida hisobga olinsa umumiy korxona daromadidan chet el valyutasida bajarilgan ishlar hajmi 68 foizni tashkil etsa korxona soliq solish stavkasini 50 foizga kamaytirilgan holda toʻlashi mumkinmi? Kamaytirilgan soliq stavkasi faqatgina chet el vayutasidagi qurilish ishlari uchun qoʻllanadimi yoki korxonaning umumiy daromadlarigami?


Agar qurilish ishlari uchun shartnoma toʻgʻridan toʻgʻri siz va xorijiy korxona – norezident oʻrtasida tuzilgan boʻlsa, unda shartnoma eksportt shartnomasiga tenglashtirilib, eksport qiluvchi korxona sifatida soliq imtiyozlari tadbiq etiladi.

Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz aptekaga ham tadbiq qilinadimi? Agar apteka uchun yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz tadbiq qilinmasa, 2203-son Nizomdagi yagona solik toʻlovining eng kam miqdorini aniqlash mezoni qoʻllaniladimi?


Ha, fikrimizcha, soliq imtiyozlari butunligicha tibbiy muassasasiga tadbiq etiladi.

OʻzR Prezidentining 28.01.2009y. PQ-1050-sonli Qarori asosida Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan tashkilot Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa daromadlar boʻyicha ham imtiyozni qoʻllaydimi?


Siz ma’lum shartlarga rioya qilingan holatda YaST boʻyicha imtiyozni umumiy tushum, shu jumladan boshqa daromadlar summasiga ham qoʻllashingiz mumkin.

Oʻrindosh xodim OʻzR OOʻYuda oʻzining oʻqishi uchun qarzdorlikni qoplash hisobiga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar qismida imtiyoz huquqiga egami? Mazkur imtiyozdan u asosiy ish joyi boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish joyida bir vaqtda foydalanishi mumkinmi? Yoki mazkur imtiyozdan faqat asosiy ish joyi boʻyicha foydalanish mumkinmi?


Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalariga soliq solinmaydi.

Lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalarning yil davomida ushbu xizmatlar ulushi yalpi tushumda oʻzgarib tursa ularga berilgan yagona soliq toʻlovi imtiyozidan foydalanish tartibi qanday boʻladi?


Agar sizning korxonangiz lizing xizmatlaridan tashqari boshqa faoliyat bilan shugʻullanmasa, u holda imtiyoz ushbu faoliyatdan tushgan tushumlarga hamda ijaradan olingan boshqa daromadlarga nisbatan xam qoʻllaniladi.

Yoʻlovchilarni tashish asosiy faoliyat turi hisoblanadigan transport korxonasi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyozni qoʻllashi mumkinmi?

Agar PF-3594-son Farmonda koʻzda tutilgan imtiyozdan (YaST boʻyicha) foydalanish huquqiga ega qoʻshma korxona imtiyoz koʻzda tutilgan faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turini ham amalga oshirsa, yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz barcha faoliyat turlari uchun qoʻllanadimi?


Agar qoʻshma korxona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 11.04.2005 yildagi PF-3594-son Farmonida belgilangan shartlarga muvofiq kelsa, u imtiyozni butun korxonaga (korxonaning butun yalpi daromadi boʻyicha) qoʻllashi mumkin.

XXTUT 17116-son xos raqamiga qaysi faoliyat turlari kiradi? Qanday faoliyat turlariga ega korxonalarga 11.01.2012 yildagi 2312-son Nizom bilan taqdim qilinadigan imtiyozlar taalluqli? Paxta tolasidan tibbiy momiq, tibbiy doka va bint ishlab chiqarishda imtiyoz koʻzda tutilganmi?


“Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizom”da (11.01.2012 yildagi 2312-son) koʻzda tutilgan imtiyozlar paxta tolasidan tibbiy momiq, tibbiy doka va bint ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.

Bizning korxonamiz Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Tartibining 3-bandi “ye” kichik bandida (VMning 29.06.2000 yildagi 245-son qarori) koʻrsatilgan imtiyozni qoʻllashi mumkinmi. Korxonamiz koʻrsatayotgan xizmatlar oʻz kuchi bilan koʻrsatilayotgan xizmatlar toifasiga mansubmi?


Yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni “pochta” toifasiga taalluqli deb topish bilan tavsiflashni ular tarkibiga qoʻshilgan har bir xizmat boʻyicha alohida emas, balki faqat kompleks tarzda koʻrib chiqishni amalga oshirish qonuniy boʻladi, shu munosabat bilan sizning korxonangiz koʻrsatilgan imtiyozni qoʻllashga talabgor boʻlishga haqli.