Саволнинг ID си: 2564
2014 yilning fevral oyida o'z nomimdagi uyga kelinimni ro’yxatga qo’yishda yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish uchun men yashab kelayotgan uyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish va shahsiy mulk sifatida ro’yhatga olish ishlari hujjatlarini rasmiylashtirib berishni so’rab tuman hokimligiga yozma murojaat qilgan edim. Biroq yozgan ariza xatim “Fuqarolarning murojatlari to’g’risida” gi Qonun talablari buzilgan holda javobsiz qoldirildi. Yakkasaroy tuman hokimligiga oradan uch oy vaqt o’tib ariza xatimning javobi bo’yicha murojaat qilganimda hokimning mas’ul hodimlari ushbu masalani tartibga soluvchi qaror o’z kuchini yo’qotganligini og’zaki tarzda bildirdilar. Biroq Toshkent shahar hokimining 2011 yil 14 dekabrdagi “Toshkent shahridagi ruxsatsiz qurilgan, ko’p yillardan beri foydalanib kelinayotgan yakka tartibdagi turar-joy, bino-inshootlariga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish ishlarini amalga oshirish haqida”gi 809-sonli Qarori hamda 2014 yil 14 martdagi “Toshkent shahar hokimining 2011 yil 14 dekabrdagi 809-sonli qaroriga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish haqida”gi Qarorida men yashab kelayotgan uyni 2015 yilga qadar shaxsiy mulk sifatida ro’yxatga olish ishlarini bajarish qat’iy belgilangan.
Men yashab kelayotgan uyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish va shahsiy mulk sifatida ro’yxatga olish uchun haqlimanmi? Iloji bo'lsa Toshkent shahar hokimining 2011 yil 14 dekabrdagi 809 - sonli qarorini to'liq matnini taqdim etsangiz. Rahmat!
Экспертларнинг жавоблари:

Ушбу материал фақат Buxgalter Pro фойдаланувчилари учун очиқ. Синов тариқасида киришни расмийлаштириш

Сиз исталган масала юзасидан бизга ёзишингиз ёки 1172 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин

Сайтга кириш имконига эга бўлсангиз, ўз логин ва паролингиз билан киринг
lock